У нас есть только
оригинальные песни

Beeline salkam 27 milliard so‘m jarimaga tortildi

calendar 29.04.2018
1717

O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori — Beeline 26,9 milliard so‘m yoki 3,3 million dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Kompaniya Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bo‘yicha davlat inspeksiyasi shikoyatiga asosan jarimaga tortildi. Tegishli qaror 9-fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan edi. Toshkent iqtisodiy sudi kollegiyasi Unitel kompaniyasining (O‘zbekistonda Beeline brendi sohibi) apellyatsiyani rad etdi. Shu tariqa, operator jarimani to‘laydigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda ilk bor hukumatning tegishli qarori asosida 2017-yil oxirida Ucell operatori aloqa sohasidagi standartlar hamda davlat normativ aktlari me’yorlarini buzgani uchun 17 milliard so‘m jarimaga tortilgan edi. Beeline bilan bog‘liq sud tortishuvi ikkinchi holat bo‘ldi.

Яндекс.Метрика