У нас есть только
оригинальные песни

BeFayz kinotaqdimotlarga PLUS va MINUS fikrlar…

calendar 27.07.2014
5672


Avvalambor reportajlar biroz kechiktirilgani uchun uzr so’raymiz…24-iyul kuni aynan saytimiz orqali axborot hamkori sifatida yoritgan filmimiz "Kechir farzandim” filmimizning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi, eng yomon tomoni  taqdimot juda ham BeFAYZligi bilan boshqa taqdimotlardan ajralib turgani eslatib o’taman…Sababi film ijodkorlari viloyatlardagi gastrollarda ekanligi sabablari ro’kach qilindi…Sahnaga ham ijodkorlar kamligi ham yaxshiGINA sezildi…

"Kechir farzandim” film haqida…Film yana o’sha-o’sha oila, sevgi muhabbat mavzularini ichiga qamragan bo’lib, chalkashliklar bilan hayot maktabini bir qirrasi ochib berilgan…Fikrlar ko’p ammo biroz hafsala borasida muammolar bor…

Hullas Murod Inog’omovning debyut ishi garchi, boshlarida tomoshabinni zeriktirgan bo’lsa(ammo chuqur ishlanmagan, balki bundan ham zo’r variantda olib chiqsa bo’lardi…), o’rtasidan qiziqtira olgani bois, ilk filmi O’RTACHA…(Adiz mehr bergan-u, qizda hech narsa ko’rmadim…)

Ammo bir fikrni aytmasdan ilojim yo’q, asosiy rollarning partnyorlardagi qahramon qiz obrazini yaratishga harakat qilgan Asal Sanayeva filmdagi roli umuman sohta…Yig’laydigan joylarida ko’zlarini AMALLAB namlashga uringanlari…umuman qahramon qiz obrazini dardlarini his eta olmagan, tipaji borasida ham tushmagan deya olaman, film minuslaridan biri ham shunda… Bunday jiddiy kamchiliklarga rejissyor YAXSHILAB e’tibor qilsa, albatta filmining sifatli chiqishiga erishadi… albatta shaxsiy fikrim….

"So’nggi nafasimgacha” filmi haqida…

25-iyul sanasida kinodan hali ham zerikmagan tomoshabinlarNI va san’at olami vakillariNI yana o’sha-o’sha Alisher Navoiy nomli kinosaroyiga chorladi…

Taqdimot marosimi aslo boshlovchilikka da’vogarligi yo’q, ammo ajoyib aktyor Uchqun Tillayev ochib berdi…Bilmadim bu taqdimoti ham ODDIYligi bilan qolganlaridan farqi bo’lmadi…

Birrrammm zerikib ketdim shu yoz mavsumidagi film taqdimot marosimlarimlaridan…… huddiki hamma janozaga kelganday keladiYA… ijodkorlar ham huddiki  bir ishni qotirib qo’yganday….Yoki gastrolni bahona qilib, o’ziga TA’TIL yasab olgan,))…

Ba’zi san’at olami vakillari o’z yaqinlariga gul olib chiqishlarini so’rashiga nima deysiz…RESPECT….bu aynan shu taqdimotda emas, balki boshqa taqdimotlarda ham sezilmoqda…qoyil REKLAMA, OBRO’-E’TIBOR, QORA PIAR…

Hullas bu film haqidayam shaxsiy fikrlar:

Plyusografiya: Film  o’zbek kinosanoatida yangilik, ammo tashqarida emas…Otaning naqadar qiziga bo’lgan mehriga qoyil qolmasdan iloj yo’q…Haqiqatdan muhlislarni yig’lata oldi, rollar juda ham ishonchli…Professional yondashilgan…

Otasi o'lishi shart emas edi, qanaqadur mo'jiza qilgan holatda tub burilish yasasa bo’lar edi…

Minusografiyasi: Otaning yuragi qizga to’g’ri kelmaydi. Chunki u katta, ancha qarigan yurak bo’ladi…Haddan tashqari yig’lataverib ezib yuboradi, biroz bo’lsa-da hazil mutoyiba yomon bo’lmasdi, shifokorning o’ziga bu qadar ishonishiga ishonib bo’lmaydi, aynan yurak kasali bo’yichaDE…Nima yurak operatsiyasi shunchalik osonmi yoki oddiymi? Bu biroz bo’rttirilgandek…Albatta shaxsiy fikrlarim…

 

"Playgins studio” ga sifatli fotolar uchun rahmat deb qolamiz…Ijodiy hamkorimizde albatta…))

 

 Yosh ijodkor - Bahodir Xikmatoooov...

 

Яндекс.Метрика