Belgiya Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashish koalitsiyasi tarkibidagi faoliyatini kengaytirib, quruqlikda harakatlanuvchi harbiylarini ham jo'natishga qaror qildi. Bu haqda DefenceNews xabar bergan.
Ayni vaqtda Belgiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli 6ta harbiy qiruvchi samolyot (F-16) Iroqdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etmoqda.
Belgiya mudofaa vaziri Stiven Vandeputning so'zlariga ko'ra, belgiyalik harbiylar Suriyadagi harbiy harakatlarda ham ishtirok etishadi.
"Biz Rembo kabi barcha muammoni o'zimiz hal qilishni da'vo qilmaymiz, lekin tezkorlik bilan Suriyaga o'z askarlarimizni jo'natamiz", deydi Stiven Vandeput.
Vazirning qayd etishicha, Belgiya bunday vaziyatda bir chetda jim qarab tura olmaydi.