У нас есть только
оригинальные песни

Belgiyada JCh-2018 vaqtida televizor sotib olgan muxlislarga pullari qaytarilishi va`da qilindi

calendar 01.07.2018
668

Belgiyadagi elektron tovarlar sotuvchi tarmoqlardan biri Rossiyada o'tayotgan jahon chempionati vaqtida televizor sotib olgan belgiyalik muxlislarga bir shart bilan xarid uchun to'lagan pullari qaytarilib berilishini va`da qildi. Buning uchun Belgiya terma jamoasi chempionatda 15 tadan ko'proq gol urishi kerak. Bu haqda terma jamoa hujumchisi Dris Mertens ma`lum qilgan. 

“Mening do'stlarim televizor sotib olishgandi. Men buni yodimda saqlamoqdaman va ularga bepul televizor sovg'a qilish uchun iloji boricha ko'proq gol urmoqchiman”, deb aytgan Mertens.

Belgiya chempionatning guruh bosqichida 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va ushbu bosqichdagi eng sermahsul jamoa bo'ldi. Mertensning o'zi shu gollardan bittasiga mualliflik qilgan.

Belgiyaliklar jahon chempionatining 1/8 finalida yaponiyaliklar bilan bellashishadi. Uchrashuv 2 iyulda Rostov-Donda o'tadi. Agar Belgiya keyingi bosqichga o'ta olsa, Braziliya va Meksika o'rtasidagi uchrashuv g'olibiga to'qnash keladi.

Яндекс.Метрика