У нас есть только
оригинальные песни

Belgiyada yadro halokati ehtimoli uchun yodli tabletkalar tarqatila boshlandi

calendar 07.03.2018
686

Belgiyaliklarga yadro halokati ehtimoli uchun yodli tabletkalar tekin tarqatila boshlandi. Bu haqda Belgiya farmatsevtika assotsiatsiyasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 

Qirollikning istalgan fuqarosi dorixonaga kelib radiatsiya zararlanishida organizmni qo‘llaydigan dorini so‘rashi mumkin. Bu ichki ishlar vaziri Yan Yambon tomonidan ishlab chiqilgan yadro xavfsizligi yangi rejasida ko‘zda tutilgan.

Hujjat yadro halokati yuz berishi mumkin bo‘lgan radiusni kengaytirdi. Avval tabletkalar AESdan 20 kilometr radiusda yashovchi belgiyaliklar uchun mo‘ljallangan edi. Endi AESdan yuz kilometr radiusdagi barchada yod zahirasi bo‘lishi kerak. Gap qirollikning barcha aholisi haqida bormoqda.

Яндекс.Метрика