У нас есть только
оригинальные песни

Benom guruhi va Lola ijrosida yangi duet

calendar 01.09.2018
1477

Estrada yulduzlari latofatli Lola va Benom guruhi navbatdagi hamkorlikda yaratilgan qo'shiq va videoklip haqida ma'lum qilishdi. Milliy Olimpiya Qo'mitasi tashabbusi bilan "Biz bir jamoa" shiori ostida O'zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi hamkorligida "Bir jamoa" nomli yangi tarona va klip premyerasi sentyabr oyida barcha TV kanallari hamda  internet saytlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu katta loyihada bir qator Paralimpiya chempionlarimiz bilan bir qatorda xalqimizning sevimli ijodkorlari ham ishtirok etishgan. Lola hamda Benom guruhi "Bir jamoa" deb nomlangan duet va videoklipni taqdim etishar ekan, ijodiy jamoaga, Milliy Olimpiya Qo'mitasiga, O'zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasiga va barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirishadi.

Tez kunda ushbu qo'shiq va videoklipni birinchilardan bo'lib YOSHLAR.COM saytida tomosha qilishingiz mumkin!

Яндекс.Метрика