У нас есть только
оригинальные песни

Benom guruhidan yana bir yangi qo'shiq

calendar 11.07.2015
3681

Benom guruhi bir necha oylik tanafuzdan keyin muhlislariga "Salom" deb nomlangan qo'shiqni taqdim etdi. Lekin bu qo'shiq guruh yigitlari kutgandek xit darajasiga chiqmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Salom" qo'shig'i haqida o'rtacha baholar qoldirildi. Balki bu yangicha yo'nalishda ijro etilgani uchun muhlislarga unchalik xush kelmagan bo'lishi mumkin. Aynan "Salom" qo'shig'ida guruh yigitlarining ovoz effektlari o'zgarganini sezish qiyinmas. 

Guruh yigitlari yana bir yangi "Notanish qiz" deb nomlangan taronani muhlislariga taqdim etishga tayyorlanmoqdalar. Aniqrog'i qo'shiq allaqachon tayyor, lekin premera sanasi hali aniq emas. Xullas tez kunda Benom guruhidan yangi "Notanish qiz" deb nomlangan qo'shiqni kuting!
Яндекс.Метрика