У нас есть только
оригинальные песни

Bernard Shoudan yalqovlar uchun 27 ta hikmat

calendar 03.01.2016
2189

Bernard Shou (1856-1950) irland yozuvchisi va drammaturgi. U ingliz tilida ijod etgan ijodkorlar orasida Uilyam Shekspir nomidan keyingi o'rinda qayd etiladigan shaxsdir. Shuningdek u, "1925" asari uchun Nobel mukofotiga, "Pigmalion" stsenariysi uchun esa Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan.

19. Agar sizda ham, menda ham olma bo'lsa, bu olmalarni almashsak, sizda ham, menda ham bittadan olma qoladi. Agar sizda ham, menda ham g'oya bo'lsa va biz g'oyalarimizni o'rtoqlashsak, har birimizda ikkitadan g'oya bo'ladi.

20. Sog'lom fikr va mehnatsevarlik sizdagi iste'dodsizlik o'rnini bosadi, ammo daholardan dahosi bo'la turib, ahmoqligingiz tufayli o'z hayotingizni barbod qilib qo'yishingiz mumkin.

21. Unvon va faxriy nomlar mamlakat oldidagi xizmatlarini inkor qilib bo'lmaydigan, lekin shu davlatning xalqi uchun noma'lum kishilar uchun o'ylab topilgan.

22. Odam g'ishtga o'xshaydi, kuygan sari pishadi.

23. Obro' — odamning shim yoki pijak singari kiyib yurishiga to'g'ri keladigan niqobga o'xshaydi.

24. Tabiat bo'shliqqa toqat qilmaydi: odamlar haqiqatni bilmagan joylarini uydirmalar bilan to'ldirishadi.

25. Aqlli odam dunyoga moslashadi; aqlsiz dunyoni o'ziga moslashtirishga urinadi. Shuning uchun taraqqiyot har doim beaqllarga bog'liq. 

26. E'tiqodi yo'q boy odamlar zamonaviy jamiyatda axloqi yo'q kambag'al ayollardan ancha xavfli. 

27. Endi, havoda qushdek uchishni, baliqdek suv ostida suzishni o'rganib olganimizda, bizga faqat bir narsa etishmayapti: erda odamlarga o'xshab yashashni o'rganish.     

Яндекс.Метрика