У нас есть только
оригинальные песни

Beruniy tumanida 2-avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasi ishga tushdi

calendar 19.04.2017
1610

Gazli—Nukus magistral gaz quvurlarini halqalashtirish 2015-yilda davlat dasturiga kiritilgandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda

Mazkur gazlashtirishning ko‘lami 75 kilometrni tashkil etib, 59-kilometrda Beruniy tumani aholisi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 2-avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasi (AGTS) qurilishi ko‘zda tutilgandi.

Joriy yilda AGTS ishga tushdi va bu tuman aholisini tabiiy gaz bilan samarali ta’minlash imkonini beradi. Ayni paytda, aholidan tashqari ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari ham muayyan qulayliklarga ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика