У нас есть только
оригинальные песни

Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari

calendar 13.08.2018
1111

Ishdan keyin uyga kelasiz, kechki ovqatni yeb, televizor tomosha qilishga o'tirasiz. Tanish holat, to'g'rimi? Axir bo'sh vaqtingizni Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Mask kabi samaraliroq o'tkazishingiz mumkin. Aynan shu omil ularga doimo o'rganish va shaxs sifatida rivojlanishda yordam beradi.

Ko'pchilik muvaffaqiyatli kishilar bo'sh vaqtlarida yangi narsalarni o'rganishga harakat qilishadi. Tomas Korli besh yildan ortiq muddat davomida 200 dan ortiq millionerning hayotini o'rgandi va ular televizor ko'rmasligini aniqladi. Ma`lum bo'lishicha, ularning 86 foizi dam olish vaqtida mutolaa qiladi, 63 foizi esa ishga ketayotganida audiokitoblar o'qiydi.

Samaradorlilik bo'yicha mutaxassis Chons Meddoksning so'zlariga ko'ra, «millionerlar oyiga o'rtacha ikkita kitob o'qishadi». U yangi bilimlar olish uchun hammaga bo'sh vaqtida blog, yangilik saytlari, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar o'qishni maslahat beradi. Agar vaqtingizni tez-tez yo'lda o'tkazsangiz, podkast va audiokitoblar tinglang.

«Kitob o'qishga kimning vaqti bor ekan?», - deb so'rashingiz mumkin. Oila va ishi mavjud bo'lganlarga mutolaa uchun vaqt topish mushkul. Biroq   Bill Geyts, Uorren Baffet, Opra Uinfri, Ilon Mask, Mark Kyuban va Jyek Ma kabi muvaffaqiyatli kishilar buning uddasidan chiqishyapti. Buning bari ular besh soat qoidasiga amal qilishlaridadir.

Besh soat qoidasi nima?

Buni Empact kompaniyasi asoschisi Maykl Simmons o'ylab topgan. G'oya juda oddiy: qay darajada band bo'lmang, siz har kuni biror yangi narsa o'rganish uchun kamida bir soat ajratishingiz lozim.

Simmonsning so'zlariga ko'ra, Benjamin Franklin ham shu qoidaga amal qilgan. «Katta odam sifatidagi hayoti davomida bir soatga yaqin vaqtini o'rganishga sarflagan, - deb yozadi Simmons. – bu rejimni Franklinning besh soat qoidasi: har ish kunining bir soati ta`lim uchun» deb ataydi.

Benjamin Franklin ertaroq uyg'onib, o'qish va yozishga o'tirgan. U o'z oldiga maqsad qo'ygan va natijalarini kuzatgan. Yangi ma`lumotlar ustida tajriba o'tkazgan hamda tongda va kechalari o'ziga savollar bergan.

Besh soat qoidasining uch ustuni

Zamonaviy muvaffaqiyatli kishilar Franklinning uch tamoyilga asoslangan qoidasidan foydalanishadi.

Mutolaa qiling. Mark Kyuban va Den Gilbert (basketbol jamoasi egasi) kabi millionerlar har kuni bir soatdan uch soatgacha vaqtini mutolaa uchun sarflashadi. Ilon Mask kitoblardan olgan bilimlari tufayli raketalarni yig'ishni o'rgandi va SpaceX’ni ochdi. Alibaba asoschilaridan biri Jyek Maning so'zlariga ko'ra, «mutolaa bizga afzallik beradi. Kitob o'qiydigan odamlarda strategiya va boshqa sanoatlar taktikasi to'g'risida ko'proq bilish imkoniyati bor».

Har kuni mutolaa uchun bir soat ajrata olmasangiz-da, hech bo'lmaganda 20 yoki 30 daqiqadan boshlang. Yoningizda kitob olib yuring – u kerak bo'lishi mumkin. Masalan, poliklinikada navbatda turganingizda. Ishga ketish yo'lida yoki mashg'ulotlar vaqtida audiokitoblar o'qish mumkin.

O'z-o'zingizni tahlil qiling. Besh soat qoidasi doimiy fikrlash va tahlilni ko'zda tutadi.

O'tmishni tahlil qilganingizda xatolar va to'g'ri ishlardan saboq olish imkoniyati mavjud. Ana o'shanda maqsadga qanday erishish va hayotingizni yaxshilashni anglaysiz.

Nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Fikrlash uchun vaqt ajrating, masalan, tushlikdan avval 15-20 daqiqa. Kichikrog'idan boshlang – 5-10 daqiqa o'z-o'zingizni tahlil qilish bilan shug'ullaning, keyin esa vaqtni oshirib boring.

Sinab ko'ring. Benjamin Franklin va Tomas Edison o'z tajribalari sabab mashhurlikka erishdilar. Gmail pochtasi Google xodimlariga sinab ko'rish imkoniyatini bergani uchun paydo bo'ldi.

Sinovlar siz ulardan tasavvur emas, faktlarni olganingiz uchun foydali. Ular nimaning ishlashi va nima aksincha ekanini ko'rsatadi. Xatolar orqali o'rganib, atrofdagilarning fikrini to'plashingiz mumkin. Eng muhimi – sinovlar ko'p vaqt olmaydi.

Jyek Ma bunday sinovlarda olingan bilimlarni hayotda qo'llashni maslahat beradi. Masalan, agar jamoaviy ish haqida kitob o'qisangiz, yangi bilimlarni sinab ko'rish uchun biror yerga ko'ngilli bo'lib ishga joylashing.

Biror narsani o'rganish odatga aylansa, yanada muvaffaqiyatli va samarali bo'lasiz. O'z-o'zingizni mutolaa qilishga o'rgatib, nafaqat o'zingiz, balki kompaniyaning kundalik rivoji uchun kuch sarflagan bo'lasiz.

Яндекс.Метрика