У нас есть только
оригинальные песни

BEVAFO MUHABBAT (1-qism)

calendar 12.10.2012
3694

BEVAFO MUHABBAT (1-qism)

DUNYOLARDAN KECHGAN EDIM UL YOR DEYA
UL BEVAFO KECHDI MENDAN DUNYO DEYA...

Qadrli saytdoshim.omonsiz?Sizlarga bugun "Bevafo muhabbat" voqeasini aytib beraman. Barcha o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib olsa, ajab emas. Buni yozishimga, ko'pgina sevishganlar orasida bevafolik, xiyonatning kuchayishi kuzatilayotgani bo'ldi. Sevgan insonini qo'rqmay tashlab ketishlar, aldovlar ... Lekin, keyinchalik qilmishlaridan qattiq afsuslanishgan. Chunki bu "Qaytar dunyo" ! Hechkim birovni baxtsiz qilish evaziga baxtli bo'lolmaydi !Bu voqea bir tanishimning xayotidan olingan. Bugungi voqeam, bevafolarga ancha ibrat bo'ladi degan umiddaman ... (Jahongir ismli yigitni nomidan tasvirlab beraman) Tong ... Yangi kun boshlandi. Har kunlik ish rejalarga tayyorgarlik ko'rdim. Mehribon onajonim, nonushta tayyor ekanini ta'kidlab, chaqira boshladilar. Nonushta qilgach, darrov ishga shoshildim. Chunki, bugun men uchun juda ham quvonchli kun. Sevgan insonim, qalbim go'zali, Shahnozani tug'ilgan kuni. Unga qo'ng'iroq qilib, birinchi o'zim tabriklamoqchi bo'ldim ... - Tug'ilgan kuning bilan go'zalim ! Ota-onangni, do'stlaringni, barcha yaqinlaringni va qolaversa meni baxtimga doimo sog'-salomat bo'lgin inshoolloh. - Tilaklar uchun, rahmat Jahongir aka ... - Go'zalim, seni xiyobonda, soat 14:00 larda kutaman xo'p-mi ?! Kela olasanmi ? Senga sovg'a tayyorlab qo'ydim. - Xo'p, boraman ... - Unda ko'rishguncha. O'zingni ehtiyot qil. - Xo'p, siz ham ... Bugun go'zalimni tug'ilgan kuni ekan, ushbu kun, uning qalbida unutilmas kun bo'lib qolishini xohladim. Soat 13:40 larga yaqinlashgach, ishxonadan chiqib, xiyobonga yo'l oldim. Shahnoza ham yetib keldi. Unga chiroyli bir uzuk sovg'a qilib, tug'ilgan kuni bilan tabrikladim. So'ng, har xil tabiat manzaralari bo'ylab, to kech tushgunicha sayr qildik. Uni uyiga kuzatib, o'zim ham uyga qaytdim. Juda ham baxtiyorman. Lekin shunday bo'lsa-da, ko'nglimda qanaqadir g'ashlik borligini sezdim. Vujudimni, xuddi Shahnoza bilan oramizga qandaydir sovuqchilik tushadiganday, vahima bosa boshladi. Kech tushgach, uyquga ketdim. Oradan biron soatlar o'tib, tush ko'ra boshladim. Tushimda: - Ishga borayotib, istirohat bog'idan o'tishni ma'qul ko'rdim. Xiyobonda manzaralar juda ajoyib ko'rinishga ega ekaniga zavqlanardim. Shuning uchun ham, xiyobonda sayr qilishni xush ko'raman. Yo'l-yo'lakay atrof- muhitni tomosha qilib ketayotgandim. Nogahon, uzoq o'rindiqda o'tirgan ikki sevishganga ko'zim tushdi. Negadir, qiz ko'zimga tanishdek ko'rindi. Biroz ularga yaqinroq borib, ne ko'z bilan ko'rayki, Shahnoza qanaqadir notanish yigit bilan, xiyobonda o'tiribdi. Qo'lida bir dasta chiroyli gul va qanaqadir qutti. Bu sovg'adir deb o'yladim. Kecha tug'ilgan kuni edi. Shahnozani yuzida tabassum... Baxtli ekani yaqqol sezilardi. Bu holni ko'rib, birdan nafasim ortga tortdi va shu zahotiyoq qo'rquv bilan uyg'onib ketdim. - E xayriyat ! Tushim ekan. Allohni o'zi asrasin. Tushga nimalar kirmaydi deysiz ... Astag'firulloh ! Menimcha Shahnozani qattiq sog'indim. O'zi bugun ko'rdim-u, negadir darrov sog'indim ... Balki shunga tushimga kirgandir. Ilohim yaxshilikga bo'lsin. Tuni bilan o'ylab, ko'zimga uyqu kelmadi ... Ertasi kuni ertalab, ishga bormay, to'g'ri xiyobonga bordim. Bu shunchaki tushdir desamda, negadir qalbim buni ma'qullamadi va xiyobonga borishimga undadi. Cheksiz sog'inchlar bilan, xiyobonga shoshildim. Chetroq bir o'rindiqga o'tirib, atrof muhitni kuzatdim. Soat 10:05 lar ... Ilohim tushim, o'ng bo'lib chiqmasinda. Biroz xavotirga tusha boshladim. Oradan bir soat o'tdi, ikki soat ham o'tdi ... Xiyobonda sevishganlar yurishardi-yu, lekin ular ichida meni qo'rquvim ko'rinmasdi. Xudoga shukur, yomon tush ekan. Tush o'ng bo'lib chiqmaydi deya, xursand bo'ldim. Endi o'rnimdan ko'tarilib ketayotgandim-hamki, ro'parada xiyobon darvozasidan kirib kelayotgan, bir qiz va yigitga ko'zim tushdi. Yuragim tobora tez ura boshladi. Uzoqda turganim uchun, kim ekanliklari uncha sezilmasdi. Lekin uni Shahnozaga o'xshata boshladim. Yurishlari, bo'y- bastlari ... Yo'q-yo'q ! Bo'lishi mumkin emas ! Meni go'zalim bunday qilmaydi. Tobora yaqin kelaverishgach, bir daraxt ortiga bekindim. 20 metrlar chamasi masofa qolganida, uni Shahnoza ekanini bildim. Xuddi tushimdagidek, qo'llarida gul, yuzida tabassum ... Ko'zlarim bunga ishonmay, ularga katta-katta nigoh tashlagancha, qinidan chiqib ketgudek bo'ldi. Nahotki-bu men bilgan Shahnoza ??? Yoki bu ham tushmi ? Yonidagi kim bo'ldi ? Shu vaqtgacha, meni aldab kelgan bo'lsa-ya ? Yoki biron-bir qarindoshimikan ? Qarindoshi bo'lsa, nega uni qo'lidan xuddi sevishganlardek tutib olgan ? Qanday qilib axir ? Eh Xudoyim, nimalar bo'lyapti o'zi ... Hayratdan o'zimni yo'qotib qo'ydim. Tezda telefonimni olib, Shahnozani uy telefoniga qo'ng'iroq qildim ... - Eshitaman ? - dedi go'shakni Shahnozani oyisi ko'tarib. - Salom oyijon. Yaxshimisiz ? Bu menman, Jahongir. - Vaaleykum Assalom. Xudoga shukur men yaxshiman. O'ziz yaxshimisiz jahongir o'g'lim ? Uydagilar yaxshilami ? - Allohga shukur, hammamiz yaxshimiz. Oyijon, haligi ... Shahnoza uydami ? Telefoni o'chirilgan ekan. Shunga uy raqamingizga qo'ng'iroq qildim ... - Ha Shahnoza, boya dugonasinikiga chiqib ketgandi. Hozir kelib qoladi. Chizmalarida dugonasini yordami kerak ekan. Shunga chiqib ketgandi ... - Chizmalarida deng ... - Tinchlikmi o'g'lim ? - Tinchlik oyijon, tinchlik. Ha mayli. Keyinroq qo'ng'iroq qilarman. Go'shakni qo'yib, Shahnozaga qo'ng'iroq qildim. Ammo javob bermadi ... Shunda tushundim-ki, Shahnoza meni shu kungacha aldab kelgan ekan. Shahnozani boshqa bir yigit bilan ro'paramda turganlarini ko'rib, rashkdan o'zimni zo'rg'a tutib turdim. Bu kunni ko'rguncha, ko'zlarim ko'r bo'lsa bo'lmasmidi ... Ko'zlarimdan qondek yosh tomchilay boshladi. Go'zalim deb erkalaganim, onamdek e'zozlab sevganim, nahotki menga bevafolik qildi ? ... Meni sevmagan ekan, nega gaplashib yurdi ? Bu nimasi bo'ldi ? Tushim o'ngidan kelganiga ishongim kelmas ko'zlarim buni rad eta olmadi ... Qattiq tushkunlikga tushib, uyga qaytdim. Meni Shahnozam, endi yo'q ... Meni tashlab ketishiga, qanday sabab bo'ldi ? Nega aytmasdan o'zga bilan gaplashib yuribdi ? Oradan shu tariqa besh kun o'tdi. Bu orada esa, Shahnoza umuman telefon ham qilmadi. Bu holni ko'rgach, meni ham telefon qilishga, g'ururim yo'l qo'ymadi. Oxirgi paytlarda o'zgarib qolganini sezardim. Lekin, o'ziga bu haqda gapirib o'tirmas edim. Men besh kun ichida, uni shu qadar sog'indim-ki, hatto tasavvurimga ham sig'dirolmayman. Unga qattiq mehr bergan ekanman. Har daqiqada uni o'ylayapman. Shahnozachi ? Men haqimda, hech bo'lmaganda bir marotaba o'yladimikan ? 
Яндекс.Метрика