У нас есть только
оригинальные песни

BEVAFO MUHABBAT (2-qism)

calendar 13.10.2012
3087

BEVAFO MUHABBAT (2-qism)

Kechqurunlari uyqumdan halovat yo'qoldi. O'ylamayman desam ham, negadir hayollarim, yana u haqda o'ylashimga majbur qiladi. Meni tashlab ketishiga qanday sabab bor axir ? Hech tushunolmayapman. Shu payt, yaqin bir do'stim qo'ng'iroq qilib qoldi ... - Jahon, ahvoling yaxshimi o'rto ? Nimalar bo'lyapti o'zi ? Shahnozani to'yi kunini belgilashibdi. Lekin kuyov sen emas, qanaqadir bir begona yigit ekan. Shahnoza bilan, qachon orangni ochiq qilding ? - Nima ? Shahnozani to'y kunini belgilashdimi ??? - Iye, bexabarmiding ? Rostdan bilmasmiding ? Men, bilsang kerak deb o'ylagandim. Men ham hozir eshitdim. Shahnozani oyisi uyimiz kelgandi. Oyimlaga: "Shahnoza, - bir yigitdan sovchi keladi, rozilik bering - deb qoldi. - Nimaga, Jahongirchi - desam, indamadi. Qizimdan bilishga ko'p bor urindim. Ammo, aytmadi. O'sha begona yigitni uyidan qulchilar kelishdi. Yomon oila emas ekan. Qo'shni mahallada turisharkan. Yigit, bankda ishlar ekan. Xullas, qizimni xohishiga qarab, rozilik berdim. Bo'ladigan ish, tezroq bo'lgani yaxshi deyishgandan so'ng, to'y kunini ham belgiladik ... - dedi. Bu gaplarni to'satdan eshitib qoldim. Tezda senga qo'ng'iroq qilib, nimalar bo'layotganini o'zingdan bilgim keldi. Salkam, 4 yil gaplashdingiz. Nahotki, Shahnoza senga tegmayotgan bo'lsa ? Shunga ajablanyapman-da o'rto. Aybga buyurmaysan. Eshityapsanmi o'zi ? Alo ?? Jahon ??? Aloooo ??! Qo'limdan telefon qanday qilib tushib ketganini, sezmay qoldim ... Oradan 1 oy o'tib, Shahnozani to'yi bo'ldi ... Uni so'ngi bor ko'rgim kelsa- da, ko'ra olmadim. Vaqt o'tgani sayin, uni unutishga ko'zim yetmadi. Har daqiqa uni o'ylab, sog'ina boshladim. Ilgari, kunlik ishlardan bo'shashim bilan, Shahnozani ovozini eshitishga oshiqardim. U ketdi-yu, go'yo yashashdan umidim uzildi. Hayotimdagi bor quvonchim Shahnoza edi. Birdan besabab ketib qolishi, qalbimga juda ham og'ir botdi. Biron muddatga, chet joylarga ketish haqida ham o'yladim. Balki boshqa narsalarga chalg'ib, uni unutarman ... ORADAN 2 OY O'TDI ... Jahongirning uyiga mudhish xabar yetib keldi. 2 kun oldin Jahongirni o'ldirib ketishgani haqidagi bayonot va uning kiyimlari solingan sumkani uyidagilarga berishdi. Ichki ishlar bo'limining aniqlashicha, 2011-yil 17- fevral kuni kechqurun, soat 22:40 lar chamasi, Jahongir biroz mast holda ko'chada ketayotib, ko'cha boshida turgan to'rt-beshta bezori bolalarga to'qnashib ketadi. Bundan jahli chiqgan ko'chadagi bolalar, Jahongirni so'kib, yo'liga to'g'ri yurishini aytishadi. Jahongir avvaliga indamay, yana yo'lida davom etadi. Ammo, bezorilardan biri, yonidagilarga Jahongirni qattiq haqoratli so'zlar bilan (Bu alkashni qaranglar. He sani o'sha ...) gapirib, ustidan kuladi. Bu so'zlarni ko'tarishga g'ururi yo'l qo'ymagan Jahongir, ortiga qaytadi va haqoratlab turgan bolani ura ketadi. Natijada, qolgan bezorilar Jahongirni do'pposlay ketishadi. Jahongir, vahshiyona kaltaklanishiga qaramay, Shahnoza bilan birga o'tkazgan baxtli kunlarini eslab, hayolidan birma-bir o'tkazadi. Unga hatto og'riq ham sezilmasdi. Shu payt, bezorilarning qaysi biridir, cho'ntagidan pichoq chiqarib, Jahongirni ko'ksiga, uch bor sanchadi. Asta-sekinlik bilan, Jahongir yerga tiz cho'kadi va bir zumda asfalt yer qonga belanadi. Bezorilar esa, bu holni ko'rib qochishga oshiqishadi. Afsuski, Jahongirni o'sha onda joni uziladi ... Jahongirning ta'ziyasidan so'ng, militsiya xodimlari Jahongirning ota- onasidan bayonot olishdi. Jahongirni ota-onasi, o'g'lini bundan oldin ichmasligini, faqatgina sevgan qizidan ayrilganidan so'ng, gohida ichadigan bo'lib qolganini ta'kidlashdi. Militsiya hodimlari, bezorilar qo'lga olinganini va ularga jazo tayinlanganini ma'lum qilishdi. Ta'ziya bildirish uchun, butun mahalladagilar hamdard bo'lishdi. Ota-onaga, farzandidan ayrilish naqadar azob ekanini barchamiz bilamiz. Sho'rlik mushtipar ona, farzandini sog'inib, har kuni o'g'lining xonasiga kiradi va rasmlariga tikilgancha, o'ksib-o'ksib yig'laydi. Xuddi o'g'li Jahongir, eshikdan kirib keladigandek, eshikga termulib turadi ... Oradan uch oy o'tdi. Kunlarning birida, Jahongirning onasi, o'g'lini xonasini changlarini olayotib, shkaf oldidan, bir yozuvli qog'oz topib oldi. Nimaligiga qiziqib ochib ko'rdi va yozilgan matnlarni o'qib, yig'lab yubordi. Unda, Jahongir tirik chog'ida nimalarnidir izohlagandi. Jahongirni onasi darhol ko'chaga chiqib taksi to'xtatdi va Shahnozani uyiga yetib keldi. Shahnoza eshikni ochib, uyiga taklif qildi ... Ammo, ichkariga kirmay Jahongirni onasi so'z boshladi: - Bilasanmi, har kun uyim eshigiga qarab, o'g'limni xuddi ishdan keladiganday kutib o'tiraman. Kelmasligini bilsamda, eshikga termulib o'tiraman. Qisman telbaga aylanib qoldim. Buni naqadar azobligini bilasanmi ? O'g'limni hatto a'zasiga ham kelmading. Shunchalik ham bag'ring toshmi ? Axir sen ham ayol-ku ! Jahongirni ne umidlar bilan katta qildim. Shu yil yozda uylantirmoqchi edik. Lekin ... Ishdan kelganida, sen haqingda gapirardi. "Keliniz juda ham yaxshi qiz, bugun birga aylandik, sizga salom aytdi" deb. Sen esa nima qilding Shahnoza ? O'g'limni ming azoblarga solib, tashlab ketding. Bu ham yetmaganday, uni mendan ayirding ... - Oyijon, meni kechiring ... - Jim !!! Oyi dema meni ! - Kechiring, bunaqa bo'lishini xohlamagandim ... - Kechiring ??? Alloh kechirsin seni ! Jahongirni onasi boshqa so'z demay, qo'lidagi qog'ozni Shahnozaga tutqazib, ko'zida yosh bilan uyga qaytdi. Shahnoza qo'lidagi qog'ozni ochdi va yozilgan matnlarni o'qidi... - Shahnoza, men bu hayotda birgina narsadan qo'rqardim. Seni yo'qotib qo'yishdan ... Seni tushimda, qanaqadir bir yigit bilan ko'rgach, o'shanda birgina qo'rquvimni ham, boshimdan o'tkazdim. Shu qadar qo'rqdim-ki, umrimda hali bunaqa qattiq qo'rqmagandim va hayajonlanmagandim. Uyg'ongach, sog'inganimdandir, tush o'ng bo'lib chiqmaydi deb o'ylagandim. Lekin, ba'zan tush ham, taqdirdan ogoh berarkan. Ertasi kuni, seni haqiqatdan ham tushimdagidek ko'rdim. Shundan so'ng, hayotim butunlay ostun-ustun bo'lib ketdi. Qalbimni dardlar ezib yubordi. Kimga dardlarimni to'kib solishni bilmay, mana shu oppoq qog'ozga, xayolan senga gapirayotgandek yozyapman. Hatto ruchkani ham, xuddi dardlarimni yozishga bardoshi yetmaganday, rangi tugap qoldi ... "O'z darding, o'zinga buyursin" degandir balki ... Shunchalik peshonam sho'rmi meni ? Qolgan so'zlarni vujudim ila yozyapman. Biroz bo'lsada, menga taskin berar ... Nima ham derdim, taqdirimda bor ekan, shunaqa qismat. Eh Shahnoza, orzularimizni, meni nimaga alishding ? Hatto, mendan yuz o'girib, tashlab ketishing sababini, aytmay ketding. Ketganing sababini bilolmay, har kuni, har soniya seni o'ylab, ich-etimni yedim. Shuni xohlaganmiding ? Seni hammadan, hatto o'zimdan ham qizg'onardim. Seni butun borlig'im bilan ardoqlab, "Go'zalim" deya sevgandim. Sen esa, ko'zlarimni qonga to'ldirib, meni sababsiz tashlab ketding ... Nima uchun bunday qilding Shahnoza ? Nima uchun ? Sababini aytib ketganingda, balki buncha azoblanmasdim ... Bu qilganing, hayotda qalbimga nisbatdan qilingan eng og'ir zarba bo'ldi. Shunchalik og'ir botdi-ki, go'yo meni yashashga bo'lgan ishtiyoqimdan butunlay uzib qo'ydi ... "Inson, dardlarini she'rlarda aks etdiradi" deb eshitgandim. Qalbim dardlariga bardosh berolmay, mana shu qog'ozga bir she'r bitdim. Shu she'rda balki meni holatimni tushunarsan deb o'yladim. Balki bu she'rimni, qachonlardir o'qirsan ...
Яндекс.Метрика