У нас есть только
оригинальные песни

BEVAFO MUHABBAT ( yakuniy qism)

calendar 14.10.2012
2599

BEFAVO MUHABBAT (yakuniy qism)

Eslagin, agarda kechalari yog'sa yomg'ir. Bu degani, meni ko'zlarimdagi yoshimdir. Agarda kelganda kuz, to'kilmasa barglar. Bu degani men hazonman, ustimda dardlar. Agarda kelganda bahor, ochilmasa gullar. Bu degani, men yo'qman, lekin yashar tuyg'ular. Afsuski, u tuyg'ularga egadir o'zgalar. Nahotki endi seni erkalar, o'zga qo'llar ... Qani endi ketganinga bo'lganida bir aniq sabab, Kechalari qiynalmasdim, buzilmasdi asab. Ko'zlarim nam bo'lmasdi, uyg'onganda ertalab. Tushlarimga kirasan, o'zgalarni erkalab. Endi seni qaytarish, Oqayotgan suvni ortiga oqish deganday gap. Endi qancha qilmay harakat, hammasi befoyda, Sevgida yo'q qoida. Sen mendan ketgansan, lekin yo'q sabab ... Ketma ! - deya ulgurmadim senga, O'zga uzatgan gullarni, Alishdingmi menga ? Kerakmas edi, Oltinlardan dunyo ... Ne bo'lsa-bo'lgan, Lekin sen kelmassan. Meni unutgansan, Unutgim kelmas ... Seni tushimda ko'rdim, o'zga bilan. Yuzingda tabassum, Qo'lingda gullar bilan. Cheksiz sog'inchlar bilan, Uyg'onib ketdim. Tush ekan-ku deya, Xursand bo'lib ketdim. Ertasiga o'sha holda, Turarding haqiqatdan. Ko'r bo'ldi, ko'z yoshlarim, Chiday olmay alamdan. O'sha gullar, tabassum, Men unutilgan bo'ldim. Keldi tushim o'ngidan, Seni o'zga bilan ko'rdim. Bugun tushunib yetdim, Seni bir umrga yo'qotdim. Lek ortingdan yig'lab qoldi, Qalbimdagi hislarim ... Allohim, qilmishinga jim ketdim-u, Lekin ichimdan dodladim ... Achinib o'tgan kunga, Izlayman sabab bunga ... Men tunukun o'ylab-o'ylab, Ketganinga izlab sabab. O'zim-o'zimdan so'rayman, Nedur ayibim, bilolmayman. Sen ketding be sabab mendan, Izlayman sabab undan ... Seni taqdir uchratgandi menga, Meni bog'lab olganding, o'z qalbinga. Kimni deya tark etding sen meni, Aytgin go'zalim, aybim nedir meni ? ... So'zimni tugatishdan avval, yana bir narsani aytib o'tishni joiz topdim. Bilasanmi, oyim kelin qilishni niyat qilardila. Shunda oyimga, "Mana keliniz" - deya, seni suratingni ko'rsatardim. O'shanda oyim, "Unda to'yni boshlaylik, kelinim bo'lishini anchadan buyon niyat qilaman" - degandila. Afsus, sen oyimga kelin bo'lishni xohlamagan ekansan ... Lekin, men bu azoblarni yengib, oyimni orzu-havaslariga albatta yetkazaman ! Balki, boshqa qizni senchalik sevmasman. Lekin uni, senday hechqachon tashlab ketmayman ! Men baxtli bo'laman hali ! Sen ham, topgan baxting bilan baxtli bo'l ! Senga yomonlik tilamayman. Eng katta deb bilgan orzuyim, seni baxtli qilish edi. Menga nasib qilmagan ekan ... Alloh o'z panohida asrasin seni ... Shu so'zlar bilan, Jahongir qog'ozdagi izohlarini tugatdi. Qog'ozni ko'ksiga mahkam quchgancha, Shahnoza achchiq ko'z yosh to'kdi. Jahongir, shu darajada beg'ubor orzular qilganini, tashlab ketganidan so'ng, taqdiri bunaqa ayanchli bo'lib ketishi mumkinligini, xayoliga ham keltirmagandi ... Eh attang ... Har xil dunyo qarashli insonlar bo'larkan. Mana azizlar, ushbu voqeaning kechinmalarini o'qib chiqdingiz. Barchangizni bir savol qiziqtirayotgandir. "Shahnoza, nima sababdan Jahongirni tashlab ketdi ?" - degan. Keling endi shunga ham, aniqlik kiritib o'tsam ... Shahnozani, Jahongirdan ko'ngli sovushiga, begona bir yigitning do'stlik taklifi, har xil qimmatbaho sovg'alari-yu, telefonda shirin so'zlari sabab bo'ladi. Ya'ni, Shahnoza Jahongir bilan gaplashib tursa-da, bir begona yigit bilan ham, telefonda gaplashib yuradi. U yigit, telefonda adashib raqam terib, Shahnoza bilan tanishib qoladi. Oldiniga do'stlashib oladi. Shahnoza qanchalik do'stlikni rad qilsa-da, telefon qilmasligini aytsa ham, u yigit shunchalik unga yaqinlasha boshlaydi. Keyinchalik maqsadiga erishadi ham. Shahnoza, Jahongirdan yashirincha, u yigitning do'stligini qabul qiladi. Ancha vaqt, do'st sifatida gaplashib yurishadi. Shahnoza yoqtirgan yigiti borligini aytganda ham, u yigit Shahnozani holi-u joniga qo'ymaydi. Bora-bora ular uchrashishadi va keyinchalik yigit, Shahnozani sevib qoladi. Unga har doim sevgi izhor qila boshlaydi. Shahnoza rad etsa-da, uni ranjitib qo'yishdan qo'rqib, yana gaplashishda davom etadi. Chunki, Shahnoza ham, o'sha yigitga qattiq o'rganib qoladi. Jahongir ko'p bor "Boshqa yo'nalishga javob berilyapti" ga ya'ni "Ojidaniya" ga tushardi. Lekin Shahnozaga ishonchi kuchli bo'lgani uchun, shubha qilmasdi. Shahnoza esa, turli xil bahonalar bilan uni aldardi. Shu-shu, oradan bir yil o'tib, Shahnoza begona yigitni ichki dunyosini sevib qoladi. Ya'ni, begona yigit bilan gaplashishga qattiq o'rganib qoladi. Uning ovozi, yoqimli erkalashlari, butunlay es-hushidan ayiradi. Bu esa, o'z-o'zidan Jahongir bilan munosabatlarini sovushiga olib keladi. Keyinchalik Shahnoza, o'sha begona yigitni sevib qoladi. (Yigiti bo'la turib. Tovba) U yigit Shahnozaga, Jahongir bilan orani ochiq qilishini ta'kidlaydi va tez orada unga sovchi yuborishini aytadi. Shahnoza oxir oqibat Jahongirdan yuz o'giradi. Boshqa insonni sevib qolganini aytishdan qo'rqib, hechnarsani aytmay, tezroq o'sha yigitga turmushga chiqib ketishni ma'qul ko'radi. Uning eng katta xatosi va kechirilmas gunohi bo'ldi-bu. 3 yil "Go'zalim" deya ardoqlab sevgan insonini, 1 yil yurib, qanaqadir quruq va'dalar, erkalashlar-u, qimmatbaho sovg'alar ulashgan bir yigitga almashdi. Bechora Jahongir esa, "Qaysi gunohim uchun, nima sabab meni tashlab ketdi ?" - deya o'ylay-o'ylay, bu yorug' olamdan joni uzildi... Jahongirni taqdiri qanday bo'lishi haqida o'ylab ko'rmagan Shahnoza, hech bir sababsiz uni tashlab ketdi. Endi e'tibor bering, bu qaytar dunyo emasmi. Bu orada Shahnoza ikki bor qiz farzand ko'rdi. Ammo har ikkala qizaloq, tug'ilishi bilan vafot etdi. Shunda u, Jahongirning uvolida qolganini tushunib yetdi. Qilgan ishidan qattiq afsuslandi va Jahongir kechirishini so'rab, har kuni uning haqqiga duo qila boshladi. Kim bilsin deysiz, Jahongir Shahnozani kechirgan ko'rinadimi, Shahnoza uchinchi bor farzandli bo'ldi. Allohning buyukligini qarang: uchinchi farzandi o'g'il tug'ildi va o'lmadi. Barchasini kech bo'lsada tushungan Shahnoza, Jahongirga va Allohga shukronalar aytib, o'g'liga Jahongir deb, ism qo'ydi ... Shuning uchun ham, bu dunyoni "Qaytar dunyo" deyishadi. Hech bir amal, javobsiz qolmaydi. Kim qilsa, o'ziga ! Sevgan insoningizni hechqachon tashlab ketmang ! Taqdir sizni ajratmasa, sevgingizdan yuz o'girmang ! Sevgisidan ayrilganlarni ham, kelajakda porloq hayot kutib turadi. Chunki bu sinovli dunyo. Sevgi ham bir sinovdir. Ayriliq bo'ladimi, nima bo'lgan taqdirda ham, inson sabrli bo'lmog'i lozim ! Bu sinovlarga sabrli bo'lib, o'zida kuch topa bilganlargina g'olibdirlar va inshoolloh Allohning mukofotiga loyiqdirlar ! Chin dildan sevsangiz, sevgan insoningizga bevafolik qilib, hechqachon tashlab ketmang ! Sevdingizmi, sinovlarini ham yengib o'ting va oxirigacha kurashing ! Inshoolloh, go'zal hayot sizniki !!! E'tiboringiz uchun, tashakkur !
Яндекс.Метрика