У нас есть только
оригинальные песни

“Beverli-Xillz” va “Oqsuyak izquvar” seriallari yulduzi o‘g‘il tug‘di

calendar 03.07.2015
2542

1-iyul kuni aktrisa Tiffani Tissen va Breydi Smit oilasida o‘g‘il dunyoga keldi. Unga Xolt Fisher Smit ismi berildi, deb xabar beradi "Korrespondent.net”. "Beverli-Xillz” seriali yulduzi ijtimoiy tarmoqqa katta qizi Xarper bilan uning yangi tug‘ilgan ukasining suratini joyladi.


Tiffani aktyor Breydi Smit bilan 2005-yil 9-iyulda turmush qurgan. 15-iyun kuni juftlikning oilasida Xarper Renn Smit tug‘ilgandi. Tiffani Tissen — amerikalik mashhur aktrisa, prodyuser va rejissyor hisoblanadi. U "Beverli-Xillz, 90210” (1994—1998) serialidagi Velori Meloun va "Oqsuyak izquvar” (2009—2014) teleserialidagi Elizabet Byork rollari bilan bilan tanilgan.
Яндекс.Метрика