У нас есть только
оригинальные песни

Beyl yozda APLga qaytishi mumkin

calendar 07.03.2018
743

"Real" hujumchisi Garet Beyl joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, futbolchi o'zining klubdagi holatidan mamnun emas va yozgi transfer oynasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Beylga "Manchester Yunayted" va uning sobiq jamoasi "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum 28 yoshli uelslik hujumchi LaLiganing 17ta uchrashuvida 8ta gol urdi.

Oldinroq, "Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya"sidan Beyl o'rniga Kristian Pulishichni olib kelishi xabar qilingan edi.

 

Яндекс.Метрика