У нас есть только
оригинальные песни

Beyonse Amsterdamdagi konsertida qo‘shiqlaridan birini Turkiyaga bag‘ishladi (video)

calendar 17.07.2016
1342

Amerikalik xonanda Beyonse Niderlandiya poytaxti Amsterdamda berayotgan konserti chog‘ida Halo qo‘shig‘ini Turkiyadagi oxirgi voqealarda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishladi. 

U boshlashdan oldin “Bu qo‘shiq Turkiyada halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlanadi” dedi va gulduros olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Konsertda Turkiyaning “Galatasaroy” futbol jamoasi yulduzi, gollandiyalik Uesli Sneyderning rafiqasi Iolanta Kabau ham bor edi. U Beyonsening so‘zlarini videoga tushirib, Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

 

“Bu kechaning eng go‘zal lahzalaridan biri bo‘ldi… Turkiyada yo‘qotilgan hayotlarga bag‘ishlangan qo‘shiq”, — deb izoh berdi videoga Iolanta Kabau.

Яндекс.Метрика