У нас есть только
оригинальные песни

«Bilayn»ga abonentlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha ko‘rsatma berildi

calendar 09.03.2018
1486

2018-yil 1-mart kuni «Unitel» MChJ tarmog‘ining billing tizimida ko‘zda tutilmagan hodisa yuz berishi sababli, 2018-yil 1-2-mart kunlari «Status» va «Bir Oy» tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlarning hisob balansi yoki ishlatilgan trafigi noto‘g‘ri ko‘rsatilishi kuzatildi.

Oqibatda «Unitel» MChJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga bo‘lgan yuklama keskin oshdi, bu esa o‘z navbatida, «Unitel» MChJ markaziga qo‘ng‘iroqni amalga oshirib bo‘lmaslik va mazkur hodisadan bexabar bo‘lgan abonentlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu hodisa natijasida «Unitel» MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha qonuniy va normativ hujjatlar talablari hamda iste’molchilarning huquqlari buzilgan.

Yuqorida keltirilgan holatlarni inobatga olib, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan kelgusida bu kabi muammolar kelib chiqishini oldini olish va hodisa bo‘yicha abonentlarni o‘z vaqtida ogohlantirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish hamda «Bilayn» tarmog‘ida yuz bergan mazkur holat natijasida abonentlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha «Unitel» MChJga ko‘rsatma berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Яндекс.Метрика