У нас есть только
оригинальные песни

“Bilayn-O‘zbekiston" rahbari o'zgardi

calendar 18.09.2015
1489

"VimpelKom Ltd” kompaniyalar guruhi "Yevrosiyo” hududi Dmitriy Shukovning "Bilayn-O‘zbekiston” bosh direktori etib tayinlanganini ma’lum qildi. Shukov faoliyatini "VimpelKom Ltd”dan tashqarida davom ettirishga qaror qilgan Vladimir Petrov o‘rnini egallaydi.

"Dmitriy ham telekommunikatsiya, ham o‘zga sohalardagi tezkor rivojlanib borayotgan bozorlarda katta tajribaga ega. U biznesning raqamli transformatsiyalariga yangi sur’at bera olishiga, shuningdek, yangi mahsulotlar va servisga ahamiyat bergan holda O‘zbekistonda ishga tushirilgan loyihalarni muvaffaqiyatli rivojlantira olishiga ishonaman”, — deydi "VimpelKom Ltd” kompaniyalar guruhi "Yevrosiyo” hududi bosh direktori Mixail Gerchuk.

"‘Bilayn-O‘zbekiston’ xizmatlarini texnologik rivojlantirish, shuningdek, ma’lumotlar uzatish borasida, mobil moliya xizmatlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish — bularning barchasini birinchi navbatdagi masalalar deb hisoblayman. Xizmatlar sifati va innovatsiyalar — brendning muvaffaqiyatli kelajagi garovidir va ishonamanki, "VimpelKom Ltd”ning yangi strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekiston bozorida ajoyib natijalarni ko‘rsatadi”, — deydi Dmitriy Shukov.

Dmitriy Shukov 1997-yilda "Boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Sankt-Peterburg harbiy aloqa akademiyasini a’lo natijalar bilan tamomlagan, shuningdek, Stokgolm iqtisod maktabida malaka oshirgan. U 1990-yilda telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatini boshlab, 2002-yilning iyulida DIXIS raqamli elektronika va uyali aloqa salonlari Rossiya tarmog‘ining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimini egallagan.

Shukov 2004-yilning avgust oyida TELE2 Russia mobil operatorining distributsiya va savdolar bo‘yicha direktori lavozimini egalladi. 2006-yilning oktabr oyidan 2015-yil sentabr oyiga qadar MTS va AMK "Sistema” guruhi tarkibida faoliyat yuritgan: avval Korporativ markazning marketing bo‘limida, keyinchalik esa Turkmaniston, O‘zbekiston va Hindistondagi bo‘linmalariga boshchilik qilgan.

Яндекс.Метрика