У нас есть только
оригинальные песни

Bill Geyts dunyodagi ilk trillioner bo`lishi mumkin

calendar 27.01.2017
2110

Microsoft asoschisi Bill Geytsning ayni paytdagi daromadi 84,4 milliard dollarni tashkil etadi. U dunyodagi ilk trillioner bo`lishiga shubha yo`q, deb yozadi “Vesti”.

Bu hodisa Geyts 86 yoshga to`lganida, ya`ni chorak asrdan so`ng yuz beradi. Iqtisod bo`yicha xalqaro tashkilot vakillari shunday xulosaga kelishdi. Ular o`z fikrlarini dunyoning eng badavlat insonlarining daromadi yil sayin oshib borayotgani bilan izohlashdi.

2009 yilda 793 nafar milliarderlarga 2,4 trillion mablag` to`g`ri kelgan bo`lsa, 2016 yilda esa ularning mablag`i besh trillionni tashkil etgan. O`sish darajasi 11 foizni ko`rsatmoqda.

Яндекс.Метрика