У нас есть только
оригинальные песни

Bill Geyts Instagram’da ro'yxatdan o'tdi va ilk suratini Tanzaniyadan e`lon qildi

calendar 12.08.2017
1771

11 avgust kuni Microsoft asoschisi va dunyoning eng badavlat kishisi Bill Geyts Instagram’da ro'yxatdan o'tdi.

Muallif Bill va Melinda Geytslar xayriya jamg'armasi ishi, o'z sayohatlari va boshqa xobbilari haqida hikoya qilish niyatida. U hozircha yagona bo'lib turgan yozuvini Sharqiy Afrikada joylashgan Tanzaniyaga bag'ishladi va uchta fotosuratni e`lon qildi.

Microsoft asoschisi Muxeza viloyatidagi boshlang'ich maktab o'quvchilari birga tushlik qilgan va “o'z faoliyatini tropik kasalliklar bilan kurashga bag'ishlagan” shifokor Upenda Mvingir bilan uchrashdi.

Geytsning eslatishicha, rafiqasi Melinda bilan Tanzaniyaga ko'p yillardan beri tashrif buyuradi. U mamlakatni “ajoyib” peyzajlar, shuningdek sog'liqni saqlash sohasidagi katta taraqqiyoti sabab maqtab o'tgan.

Geytsning sahifasiga hozircha 17,5 ming foydalanuvchi obuna bo'lgan, biroq ularning soni keskinlik bilan oshib bormoqda. Uning o'zi esa 25 akkauntga obuna bo'ldi, ular orasida rafiqasi, Instagram asoschilaridan biri Mayk Kriger, Facebook rahbari Mark Tsukerberg va ijtimoiy tarmoqning operatsion direktori Sheril Sendberg, NASA, tennischi Rojyer Federer, xayriya tashkilotlari, OAV va jurnalistlar bor.

Яндекс.Метрика