У нас есть только
оригинальные песни

Bir oz chalinmay tur so'ngi qo'ng'iroq!

calendar 25.05.2012
6005
 

  Mana bugun oxirgi ko'ng’iroq jaranglaydi. Har bir maktabni, har bir ko'ngilni bu qo'ngirok sadosi junbushga keltiradi.
Oxirgi qo'ng’iroq, so'nggi qo'ng’iroq...
Har bir imsonni u bola bo'lgan paytidayoq qo'ng’iroq sadosi maktabga chorlaydi va kutib oladi. To'qqiz yil davomida xali xech narsani bilmaydigan, Vatan neligini, ona neligini, muxabbat neligini anglamaydigan bolakayni qo'ng’irok sadosi darsga chorlaydi. Xar bir soat, xar bir daqiqa bola uchun, kelgusida shaxs bo'lib shakllanadigan murg’ak jon uchun bitmas- tuganmas xazinalar eshigini ochgandek ilm nurini tarqatadi.
To'qqiz yil davomida ulg’ayib borayotgan o'g’il va qizlar mana shu maktab partasida ota-onaga, Vatanga bo'lgan muhabbatni qadrlashni o'rganadilar, birinchi marta muxabbat degan sirli sururni his qiladilar.
Siz aziz yoshi katta muxlis, mana shu satrlarni o'qib, balki bolaligning eng sururli va beg’ubor damlari o'tgan maktabingizni sog’inayotgandir-siz?   Bugun-erta   qo'liga etuklik guvohnomasini olib, uchirma bo'lishga tayyor turgan, polapon misol tipirchilab, yuragi ko'krak kafasiga sig’mayotgan muxlis, orzularingiz og’ushi-ga cho'mgandirsiz?
Mana bugun so'nggi Qo'ng’iroq yangraydi. So'nggi bor siz darslarga kiryapsiz, so'nggi bor o'qituvchilaringizdan dakki eshityap-siz, ona kabi mehribon va munis muallimalaringiz endi sizni qachon tergaydi, murabbiylaringizdan endi kachon saboq olish imkoniyati bo'ladi sizda?
 Bugun ko'zlaringizga ter-mupib, o'zining ilk muhabbatini yuragiga ko'mayotgan sinfdoshingiz bilan endi qachon uchrashasiz? Ko'cha-ko'yda bir-biringizga duch kelib qolganingizda, u bilan nimalar haqida gaplashasiz endi? Hozir-ku "Imtihonga tayyorlanishim uchun falon kitob kerak edi,  falon kuni bo'ladigan imtixonning savollari senda bormi?" deya siz bilan gaplashishga baxona topilib turibdi, siz ham eshigingizdan har qanday uyatni yig’ishtirib, sizni chaqirib kelgan sinfdoshingiz bilan akangizdan, otangizdan, ukangizdan hayiqmay, mahalla-ko'y gap qilib yuborishidan qo'rqmay, gaplashib turibsiz.
Ertaga oxirgi qo'ng’irok jaranglab, maktabga borar yo'llaringizda "Sen endi bitiruvchisan, mana shu dargoxda 9 yillik yaxshi-yomon kunlaring o'tdi, endi katta hayot ostonasiga kadam qo'yding, endi tetapoya bo'lganing bu maskan bilan abadiy vidolashmoqqa maj-bursan. Bor, yo'llaring ravon,  oydin bo'lsin,  ilmu ma'rifatni katta-katta dargoxlardan ol, ota onang, yaqinlaring, mehribon va mushfiq o'qituvchilaring orzu qilganidek uquvli, bilimdon bo'l, kaerda bo'lsa ham, qachon bo'lsa ham, ota-onangga va murabbiyingga rahmat degan olqishni olib ber” deya senga oq fotixa berib qolmoqda bu Ko'ng’iroq sadosi.
Sen bu dargohda, dunyo imoratlaring eng ulug’i deb ta'rif etiladigan maktabda eng zo'r kunlaringni, eng beg’ubor damlarni  o'tkazganingni, eng pokiza tuyg’ularga mana shu erda oshno       bo'lgaganingni keyinchalik    anglaysan, keyinchalik xis qilasan. Unda farzandlaring soni uch-to'rttaga etgan bo'lar ehtimol, unda sen fan doktori yoki fan nomzodi darajasimi olgan bo'larsan, balki mana shunday eng sururli laxzalaring o'tgan onlarni eslagan paytingda sen xayotingning so'ngi qo'ng’irog’ini kutayotgan bo'larsan.
Erta-indin so'nggi qo'ng’iroq sadosini eshitishni intiklik bilan kutayotgan, kun sanayotgan, ko'lidagi barmoklari tobora kamayib borayotgan aziz biti-ruvchi!
Bu alg’ov-dalg’ov hayot yo'llarida hali ko'p bor qo'ng’iroqlar jaranglaydi. Hali ko'p bor sen o'zing ham kutmagan sadolarni eshita-san. Biri hayotingni nurga, ma'noyu mazmunga to'ldirib jaranglaydigan yor-yor sadosi bo'lsa, yana biri undan ham totli, undan ham quvonchli "inga”  qo'ng’irog’i bo'ladi. Sen ota yoki ona bo'lish baxtini totgan lahzalaringda ham o'sha birinchi va so'ngi qo'ng’iroqni eshitganing kabi hayajonga tushasan.
So'nggi qo'ng’iroq, oxirgi qo'ng’iroq...
Bu aziz singiljonim,   sening hayotingni boshlayotgan birinchi qo'ng’iroq emasmi? Sening orzu-umidlaring, qalbingga limmo-lim to'lgan niyatlaring bor. Sen dunyodagi, butun  jaxondagi  eng zo'r mutaxassis bo'lmoqchisan, sen Billь Geytsdan xam boyrok, qudratliroq shaxs bo'lib etishmoqchisan, sen Jak Iv Kusto kabi ummonlar xukmdori bo'lmoqchidirsan, sen Madlen Olbrayt kabi dunyo siyosatdonlari nazariga tushgan ayol bo'lishni istayotgandirsan, Xar ne bo'lganda ham, seni ilk bora maktab kuchog’iga chorlagan va o'n yil davomida baьzan quvontirib, baьzan jaxlingni chiqarib jaranglagan qo'ng’iroq sadosi 25 may kuni qulog’ingga juda-juda boshqacha eshiti-lishi tabiiy.
O'sha kuni sen yig’larsan, ehtimol, o'sha kuni o'qituvchi va muallimlaringni qanday tashlab ketishni bilmay ancha o'yga tolarsan, balki o'sha birinchi sevging – sinfdoshing ko'zlariga tik kararsan. Unga to'yib-to'yib tikilib olish, keyinchalik bu ko'zlarni butun umr eslab yurish uchun.
Endi sen ta’lim olgan maktabda sening singillaring, ukalaring ta'lim olishadi. Ularga soag’alar berasan, do'stlaringga, o'n yil davomida qadrdonlashib qolgan sinfdoshlaringga nimalarnidir sovg’a qilging keladi. Va birdan anglaysanki, ularga o'eingning beg’ubor mexringni, samimiy dustlik atalmish go'zaldan ham go'zalroq bir ne'matni tortiq etish ham - katta va unutilmas sovg’a. Ulardan xam shunday mehru muhabbatga to'la bo'lgan hadyani unutilmas va bir umrlik hamroh bo'ladigan do'stlikni ol bitiruvchi do'stim.
Qadrdonlik rishtalarini  oxirgi  qo'ng’iroq sadolari qalbinga qattiroq mustahkamlasin. Oxirgi qo'ng’iroq sadolari qalbingga faqat va faqat yorqin xotiralarni joylalasin.
Oxirgi qo'ng’irok, ovozini xam intiqlik, xam hayajon, ham biroz taxlika bilan kutayotgan bitiruvchi! Yo'llaring hamisha oq, ravon bo'lsin!
                                      

                         Murodilla

Яндекс.Метрика