У нас есть только
оригинальные песни

Bir quvvatlanishda 50 kungacha ishlay oladigan smartfon sotuvga chiqdi

calendar 04.04.2018
2520

«Blackview» kompaniyasi akkumulyator sig‘imi 11000 mA/soatga teng bo‘lgan «P10000 Pro» smartfonini taqim etdi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bir marta quvvatlanish orqali mazkur smartfon 50 kungacha «kutish rejimi»da ishlay oladi, deb xabar berdi «4PDA».

Qurilma «Pump Express 4.0» tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega bo‘lib, 2,5 soatda to‘liq quvvatlanadi. «P10000 Pro» ikkita versiyada ishlab chiqariladi: orqa qopqog‘i oynali yoki charmli.

«Blackview P10000 Pro» 6 dyuymli «Sharp» displeyi va ingichka hoshiyalar bilan jihozlangan. Akkumulyatoridan tashqari qurilmaning yana bir o‘ziga xos jihati — to‘rtta kameraga ega ekanligi. Orqa tomonida 16 va 0,3 megapikselli, old tomonida esa — 13 va 0,3 megapikselli modul kameralari joylashgan.

«Blackview P10000 Pro»ning texnik tavsifi:

  • 2160x1080 (18:9) piksellga ega 6 dyuymli dipley;
  • Sakkiz yadroli MediaTek Helio P23 protsessori;
  • Mali G71-MP2 grafik tezlashtirgich;
  • 4 gigabayt tezkor xotira;
  • 64 gigabayt ichki xotira;
  • 16 megapikselli (Sony IMX298) va 0,3 megapikselli ikkitalik asosiy kamera;
  • 13 va 0,3 megapikselli ikkitalik frontal kamera;
  • Akkumulyator sig‘imi 11 000 mA/soat;
  • Ikkita «SIM-karta» ketadi;
  • Barmoq izi + yuz skaneri;
  • Operatsion tizimi «Android 8.1».

Smartfonning rasmiy narxi 242 dollarni tashkil etadi. Savdoning ilk kunlarida 14 foiz chegirma bilan taqdim etilmoqda.

Яндекс.Метрика