У нас есть только
оригинальные песни

Bir terabayt sig'imga ega dunyodagi eng mitti fleshka taqdim qilindi

calendar 10.01.2018
912

AQShning xotira kartalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SanDisk kompaniyasi Las-Vegasdagi CES (Consumer Electronics Show) iste`molchilik ko'rgazmasida bir terabayt (ming gigabayt) sig'imga ega dunyodagi eng mitti fleshkani taqdim qildi. Fleshka suratiga ko'ra, uning o'lchami hozirda ishlatiladigan oddiy fleshkalarnikiga yaqin. 

Ushbu fleshka ma`lumotlarni nafaqat kompyuterga, balki smartfonga uzatishga imkon beruvchi USB-C raz`yomi bilan jihozlangan. 

SanDisk’ning qayd qilishicha, taqdim qilingan fleshka ishchi prototipdir. Kompaniya ushbu fleshkaning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi, texnik ko'rsatkichlari, narxi bo'yicha hech qanday ma`lumot bermagan. 

Ayni vaqtda 1 Tb sig'imga ega qattiq disklar 350 dollarga yaqin turadi. 

Яндекс.Метрика