У нас есть только
оригинальные песни

BIROZ CHALINMAYTURGIN SO'NGI QO'NG'IROQ(bituruvchilarga sovg'a (o'qib yana yig'lab yubormang)

calendar 25.05.2011
12164
Bahorning so'ngi kunlari. Tugab qolayotgandek bolalik chog'lari. Biroz chalinmaytur so'ngi qo'ngiroq. Qo'y qo'ng'iroq chalinmayturgin. Sinfdoshlarimga biroz to'yib olay. Qo'y chalinmaytur qo'ng'iroq uztozlarimga rahmatimni aytib olay. Qo'y chalinmay turgin maktabimda yana biroz qolay.
Ex maktabim kechagiday esimda mitti qalbim bilan bag'ringa ilk kelgan kunim. Bag'rinda o'qidim o'rgandim,sho'xlik qildim. Bugun esa nahot seni bag'ringdan uchurma bo'lib uchib ketaman. Qiziq seni bag'ringdan ketayotganimga yig'laymi maktabim,yoki katta hayotga qadam qo'yayotganimga hursand bo'laymi. Maktabim sen meni qadrdon go'sham eding. Sinfdoshlarim esa menga huddi o'z oila azolarim edi. Bugun esa hammamiz qushdek har tomonga uchib ketamiz. Maktabim bugundan kegin naxot o'tmish kunlarimga, shirin hotiraga aylanasan. Maktabim naxot endi sinfdoshlarimi ko'raman ozroq. Maktabim nahotki endi sog'insam bag'ring borolmayman. Maktabim nahot endi uztozlarim o'gitlarini eshitaman kamroq.
Ex bu beshafqat yillar naxot mendan eng chiroyli davrim maktab davrimni shamolday uchirdi. Yo'q men hohlamayman maktabim sendan ketishni, hohlamayman bolaligim tugashini, men ayriliqqa rozimasman. Lekin beshafqat yillar mendan so'rarmidi. Bugun ohirgi qo'ngiroq sendan ayiradi.Erta keladuyu hammasi o'tmishga aylanadi shirin hotira bo'lib qoladi. Uztozlarim men sizlarga mingdan ming rahmat aytaman. Jajji qo'llarimdan tutib, o'qishni yozishni hayotni sabr ila o'rgatdingiz, uqtirdingiz ,haqiqiy inson qilib tarbiyaladiz.Biz esa goho sho'xlik qilib goho yoshlik qilib sizni hafa qildik qadringizga yetmadik. Yaxshimizi oshirib, yomonimizi yashirib bizni o'z farzandingizdek ko'rardingiz. Bugun esa faqat uchib ketar kundagina sizni qanchalik aziz ekanizni bilyabmiz. Sinfdoshlarim, qadrdon sinfdoshlarim,sizga esa aytar qalb so'zlarim bor. Qadrdon maktabda birga to'qqiz yil o'qidik. Bir sinfda bir partada o'qib ilm oldik. Kimdur sho'x edi,kimdur a'lochi, kim kimnidur sevib qolardi hullas har kunimiz o'zgacha hayajonda o'tardi. Qanday bo'lmaylik sinfda har birimizi o'z o'rnimiz bor edi. Esingdami qardon sinifdosh ilk bor darsdan qochganimiz.Bazida erinib dars qimaganimiz tanaffusda arg'umchoq uchganlarimiz. U damlardan endi faqat hotira qoladi. Bolaligimiz o'tgan arg'imchoq endi boshqalarni uchiradi. Kuz kelishi bilan bizni o'rnimizga mitti jajji yurakchalar keladi. Bugun esa hammamiz har tarafga uchib ketar ekanmiz. Men siz qadri baland sinfdoshlarimga oq yo'l, baht, omad,muhabbat tilayman.Qayda bo'lmang aziz boshiz omon bo'lsin. Hech qochan sinfdoshlarni unutmang doim avvalgiday yosh bo'lib, sinfdoshlarni maktab chog'larni eslab yig'ilishib turaylik.Kim bilsin katta hayotda bizni nimalar kutib turibdi. Qanday sinovlar bor? Katta hayot bizga qanday sovg'a tayyorlab qo'ydikin?
Shu chog' hayolimni buzib so'ngi qo'ng'iroq chalindi. Va ko'zlarimdan ham alam,ham quvonch yoshlari mo'ltiragancha oqa boshladi.
Yo'q, yo'q,va yana yo'q chalinmaytur biroz shoshmaytur chalinmayturgin qo'ng'iroq. Yana bir oz maktabimda qolay sabr qilgin meni maktabimdan ayirmagin.
Mana yana beshavqat yillar o'tdi. Mana maktabni bitirganimga ham 6 yil bo'libdi hali hamon esimda maktab yillarimu va qalbimni larzaga solgan ohirgi qo'ngiroq. Agar ishonsangiz bu maqolani yum yum yig'lab yig'lab yozdim. Chunki juda juda sog'indim maktabimni sinfdoshlarimni sog'indim. Na iloj sog'insam ham borolmayman. Hatto bir soat darsda sinfdoshlarim bilan o'tirolmayman. Chunki song'i qo'ng'iroq o'zini bahaybat sadolari ila meni maktabimdan sinfdoshlarimdan olti yil burun ajratgan.
QADRLI BITIRUVCHILAR SIZLAR OQ YO'L YO'LINGIZ ORZULARINGIZ KABI OQ BO'LSIN. Unutmang har doim maktabingizni sinfdoshlaringizni eslab yuring. Chunki hayotingizni eng go'zal damlari maktabda o'tadi. Men sizga ishonch bilan aytaman siz hali maktabni ko'p va yana ko'p juda juda sog'inasiz va tabassum bilan eslaysiz. Sog'inganda esa borolmaysiz sinfdoshlarizni avvalgidek tez tez ko'rolmaymiz. Shunda esa sinfdoshlarni maktabni faqat shirin hotirada eslaysiz va menga o'hshab rosa maktabni qumsaganizda u davrlar endi qaytmasligini bilib hatto yig'laysiz. Shuning uchun sinfdoshlar bilan o'tadigan sanoqli kunlarizni qadriga yeting. Sizga arzimas sovg'amni qabul eting..

So'ngi qo'ngiroq.

Bahorning so'ngi kunlari.
Tugayotgandek bolalik chog'lari.
Yaqinlashmoqda ayrilish damlari.
Chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.

Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay.
Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay.
Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay.
Biroz chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.

Nahot sinfdoshlarni endi ko'raman kamroq.
Nahot maktabga kelaman endi ozroq.
Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq.
Chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.

Maktabim sen menga eng aziz koshanasan.
Bugun o'tib o'tmishga aylanasan.
Eh Barno maktabni hali ko'p sog'inasan.
Biroz chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.

Shu chog' hayolimni buzib.
Sinfdoshlarni bir biridan ayirib.
Maktab hovlisidan uchirib quvib.

Jaranglab cholinadi songi qo'ng'iroq.....

miranda _89

Яндекс.Метрика