У нас есть только
оригинальные песни

Bitkoin kursi 11 ming dollardan oshdi

calendar 03.03.2018
667
Bitkoin kursi, qisqa muddatli “sho‘ng‘ish”dan so‘ng, yana o‘sa boshladi, deya xabar bermoqda “Kommersant”

Coinmarketcap portalining Toshkent vaqti bilan 19:30 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin qiymati 11 461 dollarni tashkil etmoqda. CoinDesk sayti esa kriptovalyuta qiymatini 11 402 dolar etib ko‘rsatgan.

Fevral oyi boshida bitkoin kursi sezilarli — 6 ming dollargacha pasayib ketgan edi. Bunga Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlar kriptovalyutalarga nisbatan talablarni kuchaytirgani sabab bo‘ldi.

Fevral oxirida bitkoin yana 11 ming dollardan oshdi, biroq mart oyi boshida takroriy pasayish kuzatildi. Bu safargi “sho‘ng‘ish”ga AQSHning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi kriptovalyuta bozorini o‘rganishga kirishgani haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.
Яндекс.Метрика