У нас есть только
оригинальные песни

Bitkoinning narxi tusha boshladi

calendar 02.01.2018
1070

Bitkoin kriptovalyutasi yil avvalida 6 foizga arzonlashdi. Bu 2015-yildan beri kriptovalyuta yilni arzonlashish bilan boshlayotgan ilk holat, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Qayd etish joizki, o‘tgan yilning ilk kunlarida bitkoinning narxi 3,6 foizga oshib, 1000 dollarga yetgan edi. Natijada bitkoin bir yil ichida qariyb 1500 foizga qimmatlashdi.

O‘tgan yilning oxirida bitkoinning asosiy tarafdorlaridan biri Maykl Novograts raqamli valyuta qiymatining 8 ming dollargacha tushishi kutilayotgani sababli o‘zining kriptovalyuta hej-fondini tashkil etish bo‘yicha rejalarini ortga surdi.

“Bizga bozor shartlari yoqmadi va biz qilayotgan ishimizni qayta ko‘rib chiqishni istamadik. O‘ylashimcha, hozir tanaffus qilishning ayni payti”, — deydi Novograts.

Novograts 15-dekabr kuni Galaxy Digital Assets fondini ishga tushirmoqchi edi, biroq mazkur sanaga ikki kun qolganida o‘z qarorini o‘zgartirdi.

Яндекс.Метрика