У нас есть только
оригинальные песни

“Biz haqda yozmasin, jurnalistga to'laydigan pulimiz yo'q”

calendar 19.11.2015
1785

Samarqandda yaqinda ochilgan tibbiy markaz haqida xabar yozib, aholiga bu yangilikni etkazmoqchi bo'ldim. Markazga borganimda bosh vrach yo'q ekan. Tanish bir doktor unga qo'ng'iroq qilib, maqsadimni etkazdi. Gaplashib bo'lgach, tanishim menga nima deyishini bilmay qoldi, debyozmoqda samarqandlik bloger Toshpo'lat Rahmatullaev.

“Uning yuz istiloha bilan ma'lum qilishicha, bosh vrach jurnalistlar yozgani uchun pul so'rashini, ayni paytda esa xarajatlar ko'pligi tufayli jurnalistga to'laydigan mablag'i yo'qligini aytibdi, - deya o'z so'zini davom ettiradi bloger. - Tanish vrach mening qattiq ranjiganimni ko'rib, “bu gap sizga tegishli emasligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Chunki ko'pgina rahbarlar ayrim nopok kasbdoshlaringizning xurmacha qiliqlaridan bezib qolishgan”, dedi.

Aslini olganda bunday gap-so'zlarni bot-bot eshitib turaman. “Maqtab chiqarsam, uncha berasiz, kamchiligingizni yashirib, hech narsa yozmaganligim uchun buncha to'laysiz” deb, turli tashkilot, korxona, muassasa va o'quv yurtlariga kirib-chiqayotgan muxbirlar haqida tanish-bilishlar gapirib turishadi”.
Toshpo'lat Rahmatullaevning ta'kidlashicha, bir necha kishi bo'lib olib oshxonaga kirib, qorinni to'ydirib, kayfni oshirib, pulini to'lamasdan, jurnalist guvohnomasini ko'rsatib chiqib ketmoqchi bo'lganlar, savdo do'konida kichik bir kamchilikni topib, ta'magirlik qilayotganlar, avtoulovini benzin yoki gaz bilan tekin to'ldirib olish niyatida bo'lganlar xususida misollar keltirish uchun jurnalist teshiruvi olib borish shart emas.

“Jamiyatda jurnalist mavqeini oshirish uchun, jurnalistga nisbatan ishonchni kuchaytirish uchun nimalar qilish lozim? Ijtimoiy ahamiyatga molik yangilik haqida xabar tayyorlamoqchi bo'lgan muxbirga albatta “bir narsa” berish zarur degan fikrni tag-tomiri bilan qo'porib tashlash uchun yana qancha vaqt kerak?”, - deya javobsiz savollarni o'rtaga tashladi bloger.

Яндекс.Метрика