У нас есть только
оригинальные песни

«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi

calendar 13.12.2017
1025

Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning ma`lum qilishicha, Kiyev Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.

«Rossiya bilan temir yo'li orqali qatnov masalasi hozirda birinchi navbatda «Ukrzaliznytsa» [«Ukraina temir yo'llari», - tah.] tomonidan ko'rib chiqilmoqda. O'ylashimcha, biz yakuniy qaror haqida 2018 yilda xabar berishimiz mumkin bo'ladi», - deya aytib o'tdi Omelyan.

Uning so'zlariga ko'ra, Ukrainada yo'lovchi poyezdlardan bitta Rossiya poyezdi bor bo'lib, u «Kishinyov-Moskva» yo'nalishi bo'yicha harakatlanadi hamda Moskvaga yo'l oluvchi bir necha Ukrainaning poyezdlari mavjuddir». Omelyanning ta`kidlashicha, qatnovni to'xtatish haqidagi qaror jiddiy tahlil amalga oshirilganidan keyin qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek uning ma`lum qilishicha, Kiyev Rossiya poyezdlarining Ukraina hududi orqali harakatlanishi to'xtatilgani tufayli zararlarga ega bo'lmaydi.

Яндекс.Метрика