У нас есть только
оригинальные песни

Biznesni kecha-yu kunduz onlayn ro'yxatdan o'tkazish mumkin bo'ladi

calendar 14.11.2016
855


O'zbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boshlab, tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlarni onlayn tarzda kechasi va kunduzi ro'yxatga olish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 28 oktabrda qabul qilgan “Tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to'g'risida” qarori bandida shu haqda so'z yuritilgan. Mazkur hujjat bilan tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar kompleksi ma`qullangan.Qarorga ko'ra, 2017 yil 1 aprelidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan Tizim orqali tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro'yxatidan kecha-yu kunduz o'tkazish va hisobga olish ta`minlanadi.

Яндекс.Метрика