У нас есть только
оригинальные песни

Blatter futbolni tark etganini e'lon qildi

calendar 23.12.2015
1036

FIFA prezidenti Yozef Blatter futboldan ketadi. Bu haqda uning o'zi 23 dekabr kuni The Wall Street Journal nashri orqali ma'lum qilgan.

"Men futboldagi faoliyatimni yakunlayman. Men 27 may kuniyoq tashkilotga bo'lgan ishonchimni yo'qotgandim. O'sha kunidan boshlab amerikaliklar tashkilot ishiga aralasha boshlagandi. Ular FIFAga mafiya tashkiloti sifatida qaray boshlashdi.

Men va Platinining 8 yilga chetlatilishi butunlay asossiz qaror. Shveytsariya qonunchiligiga ko'ra, qotillik amalga oshirgan yoki bankni o'marganlarga nisbatan shunday darajada qattiq jazo beriladi.

40 yildan ortiq vaqt davomida shu sohada ishladim. Endi mening futboldagi qiladigan ishlarim qolmadi", deydi 79 yoshli futbol funktsioneri.

Eslatib o'tamiz, Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi. Bundan tashqari, Blatter 50 ming, Platini esa 80 ming evro miqdoridagi jarimaga tortilgan.

FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov 2016 yilning 26 fevral kunida bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Blatter birinchi marta 1998 yilda FIFA prezidenti bo'lgandi. Shundan so'ng 2002, 2007, 2011 va 2015 yillarda ham qayta saylangandi.

Яндекс.Метрика