У нас есть только
оригинальные песни

Bloger nodavlat tashkilotlari ishchilariga "vaqtincha propiska" olishda sabr va omad tiladi

calendar 23.08.2016
1362

O'zbekistonlik bloger Davron TojialiYev o'zining feysbukdagi sahifasida nodavlat tashkilotlari ishchilari uchun ham "vaqtincha propiska" ochilgani haqida post qoldirdi.

Quyida ushbu post o'zgartirishlarsiz keltiriladi.

Olimpiada eyforiyasidan real hayotga qaytamiz.
Hurmatli propiskasiz nodavlat tashkilotlari hizmatchilari! Biz uchun ham Toshkent shahrida "vaqtincha propiska" ochilganini ma`lum qilaman. Tayyorlanadigan hujjatlarni yana bir bor eslatib o'tsam:

1. IIV tomonidan belgilangan namunadagi ariza (Buni “stol uslug”da to'ldirib berishadi. Hizmat pulli: 8000 so'm).
2. Uy egasi nomidan ariza (Buni “stol uslug”da to'ldirib berishadi).
3. Manzil varaqasi (Adresnyy listok pribytiya) (Buni “stol uslug”da to'ldirib berishadi).
4. Fuqaroning pasporti va pasport nushasi.
5. Kazarma, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan hizmatchilar uchun O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining yoki shartnoma bo'yicha harbiy hizmatchining shahsiy guvohnomasi.
6. Bolalarni ro'yhatga qo'yish uchun, agar ular 16 yoshga to'lmagan bo'lishsa, tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari hamda 3,5 h 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat.
7. Uyning kadastr hujjatlarining nushasi.
8. Uyga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nushasi (oldi-sotdi yoki hadya shartnomasi, Davlat orderi, meros guvohnomasi, hokimlik qarori va hokazo).
9. Uy egasining pasport nushasi.
10. Davlat boji to'langanligi haqidagi kvitantsiya (2600 so'm, o'sha Yerdagi kassaga to'laysiz).
11. Notarius tomonidan tasdiqlangan ijara shartnomasi nushasi.
12. Fuqaro yaqin qarindoshlarini (ota-ota farzandlarini, farzandlar ota-onasini, er hotinini, hotin erini) vaqtincha ro'yhatga qo'ydirayotgan bo'lsa, yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar.
13. Ijaraga turuvchining ishhonasidan uni “vaqtincha propiska”ga qo'yish to'g'risida rasmiy iltimosnoma-hat.

“Stol uslug”da bu hujjatlarni tahlatib olgach, (albatta) uy egasi bilan birgalikda tuman Horijga chiqish, kirish, fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig'i honasiga kirasiz. U hujjatlar bilan tanishib chiqqach, yo'llanma beradi. 

Keyin hujjatlarni qabul qilish honasi oldidagi mahsus honada sizni old va ikki yon tomondan suratga olishadi. Qo'lingizga qora moy surtib, barmoq izlaringizni olishadi (o'zingiz bilan nam salfetka olishni unutmang). Surat va barmoq izi olingani haqidagi ma`lumot ham hujjatlarga kiritiladi. Shundan so'ng hujjatlarni qabul qilish honasiga kirib, qog'ozlarni topshirasiz. Uch kunda tayyor bo'ladi, deyishyapti.

Sabr va omad!

Яндекс.Метрика