У нас есть только
оригинальные песни

Bloomberg jahon mamlakatlaridagi benzin narxini e`lon qildi

calendar 24.04.2017
1096

Amerikaning Bloomberg agentligi dunyo mamlakatlaridagi yoqilg'i narxiga doir tadqiqot natijalarini e`lon qildi. Unga ko'ra, 2017 yil birinchi choragida AQShdagi benzin narxi Rossiyadagidan arzon bo'lgan. Hisobotda aytilishicha, benzin narxlari A95 navli benzin uchun ko'rsatilgan.  

Yoqilg'i narxidagi tafovut, o'lchov birligi sifatida Amerika galloni olinsa, yaqqol ko'rinadi. Bir Amerika galloni 3,785 litrga teng.

Shunday qilib, AQShda bir gallon benzin 2017 yil birinchi choragida o'rtacha 2,57 dollar turgan bo'lsa, Rossiyada xuddi shu miqdordagi yoqilg'i 2,58 dollardan sotilgan. Tadqiqotda ta`kidlanishicha, eng qimmat benzin Hongkongda sotiladi. Bu yerda bir gallon benzin 7,23 dollar turgan. Eng arzoni esa, ayni vaqtda eng kuchli iqtisodiy bo'hronni boshidan kechirayotgan Venesuelada bo'lib, bir litri 0,01 dollar turadi.

Tadqiqotda dunyoning 61 mamlakatidagi benzin narxlari keltirilgan. Xususan, Saudiya Arabistonida bir gallon benzin 0,91 dollar tursa, uning yonginasidagi Misrda 1,30 dollardan sotiladi. Isroilda esa ayni benzinni dunyo bo'yicha eng qimmat narxlardan birida xarid qilish mumkin. Bu yerda bir gallon benzin uchun 6,58 dollarning bahridan o'tishga to'g'ri keladi. 

YeI mamlakatlarida bir gallon benzin narxi turlicha bo'lib, eng qimmati Norvegiyada. U yerda bir gallon benzin 6,96 dollar turadi. Shu bilan mamlakat dunyoda benzin eng qimmat ikkinchi mamlakat bo'lib turibdi. YeIdagi eng arzon benzin Bolgariyada, galloni 4,20 dollardan sotiladi.

Shu o'rinda O'zbekistonda A95 navli benzinning bir gallonini 4,21 AQSh dollariga xarid qilish mumkinligini ta`kidlash joiz. Markaziy Osiyodagi qo'shni mamlakatlarda bu boradagi taxminiy narxlar (bunda benzin navi noma`lum) quyidagicha*:

Turkmanistonda (1 gallon benzin)   – 1,02 dollar
Qozog'istonda                                       – 1,77  
Qirg'izistonda                                     – 2,30         
Tojikistonda                                      – ochiq  ma`lumot yo'q
Afg'onistonda                                      – 2,46

Umuman, agentlikka ko'ra, so'nggi 3 oyda dunyodagi benzin narxi 1,4 foizga o'sgan. 

Яндекс.Метрика