У нас есть только
оригинальные песни

BMT: 2016 yilda neftning o'rtacha narxi 51 dollarni tashkil qiladi

calendar 21.01.2016
1041

2016 yilda uglevodorod xom ashyosi narxi pasayishda davom etadi va yil natijalariga ko'ra Brent neftining o'rtacha narxi 51 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda 20 yanvarda chop etilgan BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo'yicha departamentining “Jahondagi iqtisodiy vaziyat va uning istiqbollari” deb nomlangan ma'ruzasida aytilmoqda.

Ma'ruza 2015 yil oxirida tayyorlangan va unda oxirgi haftalardagi neft narxi pasayishi inobatga olinmagan. 19 yanvarda mart oyida etkazib beriladigan Brent nefti narxi 29,45 dollarni tashkil qildi.

“2016 yilda neftga talabning o'sishi va neftni qazib olish hajmlarining oshishi o'rtasidagi tavofut saqlanib qoladi, neftning o'rtacha narxi 51 dollarni, 2017 yilda 
esa 62 dollarni tashkil qiladi”, deyilmoqda ma'ruzada.

Ekspertlarning baholashicha, 2016 yilda neft etkazib berish darajasi deyarli 2015 yildagi darajada saqlanib qoladi, ya'ni kuniga 95,9 mln barrelni tashkil qiladi.

Яндекс.Метрика