У нас есть только
оригинальные песни

BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda

calendar 13.10.2017
1337

Sayyoramizda och qolayotganlar va ochlikni his qilayotganlar soni 815 mln kishiga yetgan. Ularning 60 foizi qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarda istiqomat qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilot Xavfsizlik kengashi majlisida ma`lum qildi. 

Uning so'zlariga ko'ra, BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining 80 foizga yaqin mablag'i jangovar harakatlar bolib borilayotgan hududlar aholisiga yordam ko'rsatishga sarflanadi. 

“Bolalarning ¾ qismi mojarolar girdobida qolgan mamlakatlarda kun kechiradi. Ular aqliy rivojlanishda ortda qolgan. Bu mojarolarga barham berilmas hamda ushbu davlatlarni rivojlantirish jarayonlari boshlanmas ekan, jamoalar va butun bir mintaqalar ochlik va azobni his qilaveradi”, - degan bosh kotib. 

U o'z ma`ruzasida Yaman, Nigeriya shimooli-sharqi, Somali va Janubiy Sudandagi vaziyatga batafsil to'xtaldi. Guterrishning yodga olishicha, 9 oy muqaddam mazkur mintaqalarda 20 mln kishi ochlikdan halok bo'lish xavfi ostida qolgan. Xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan ko'rgan choralari natijasida buning oldi olingan.

Яндекс.Метрика