У нас есть только
оригинальные песни

BMT Ekvadorda zilzila oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga chaqirdi

calendar 23.04.2016
767

BMT va Ekvador hukumati 22-aprel, juma kuni vayronkor zilzila oqibatida jabrlanganlarga 73 million dollar miqdorida yordam puli ko‘rsatish haqidagi so‘rovnomani donorlarga yubordi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, so‘ralgan mablag‘ yaqin uch oy ichida 350 ming kishiga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

BMT yangiliklar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat 600 ga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilgan. Bundan tashqari, sakkiz mingdan ortiq odam turli darajadagi shikastlanishlar olgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, minglab odamlar boshpanasi va mol-mulkidan ayrilgan. 1125 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan. Yana 800 dan ortig‘iga jiddiy zarar yetgan. Hozirgi paytda 25 376 kishi vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Яндекс.Метрика