У нас есть только
оригинальные песни

BMT Xavfsizlik kengashi lavozimini tark etayotgan Pan Gi Mun sharafiga rezolyutsiya qabul qildi

calendar 15.12.2016
1454

BMT Xavfsizlik kengashi Pan Gi Mun sharafiga rezolyutsiya qabul qilib, uning xalqaro tashkilot bosh kotibligi lavozimidagi xizmatlarini e’tirof etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Rezolyutsiyada Xavfsizlik kengashi a’zolari Pan Gi Munning dunyoda tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni ta’minlashga qo‘shgan hissasi, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy sohalardagi xalqaro muammolarni yechishga qartilgan harakatlari, gumanitar ehtiyojlarni qondirish, inson huquqlarini rag‘batlantirishdagi tashabbuslarini qayd etdi. Bosh kotibga BMT nizomida mustahkamlangan tamoyillar va davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga sodiqligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Yig‘ilishda Pan Gi Mun xalqaro hamjamiyatga xizmat qilish uning uchun sharaf bo‘lganini bildirib, Xavfsizlik kengashi a’zolariga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi va hamjihat bo‘lishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 12-dekabr, dushanba kuni BMT yangi bosh kotibi Antoniu Guterrish qasamyod keltirdi. U 2017-yil, 1-yanvardan boshlab vazifalarini bajarishga kirishadi.

Яндекс.Метрика