У нас есть только
оригинальные песни

BMT Xavfsizlik Kengashi O‘rta Yer dengizida 500 ga yaqin muhojir halok bo‘lganini “fojia” deb atadi

calendar 24.04.2016
795

BMT Xavfsizlik Kengashi Liviya qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchrashi oqibatida 500 ga yaqin muhojir halok bo‘lganidan afsuslanish bildirdi va qochqinlarni noqonuniy tashishga qarshi kurash bo‘yicha davlatlarning urinishlarini muvofiqlashtirishga chaqirdi. 22-aprel, juma kuni matbuot uchun qabul qilingan bayonotda kengash a’zolari sodir bo‘lgan hodisani “fojia” deb atadi, deb xabar beradi “TASS”.

Xavfsizlik Kengashi bu fojiaga daxldor bo‘lgan barchaga chuqur hamdardlik izhor etdi, shuningdek, noqonuniy tashish bilan shug‘ullanuvchi transmilliy jinoiy guruhlar faoliyati mintaqaviy barqarorlik uchun tug‘dirayotgan tahdiddan chuqur xavotir bildirdi. Bunday harakatlarni qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Yevropaga borishga harakat qilgan va Liviya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan kemada yuzlab qochqinlar halok bo‘lgani haqida 20-aprel kuni BMT muhojirlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va mingratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot xabar berdi. Halokat haqida Gretsiyaning Kalamata shahriga yetib borishga muvaffaq bo‘lgan muhojirlar ma’lum qildi. Tirik qolganlar orasida Somali, Sudan va Efiopiya fuqarolari bor.

Яндекс.Метрика