У нас есть только
оригинальные песни

BMTda Chernobilda 65 kunni o‘tkazgan fotosuratchining ko‘rgazmasi ochildi

calendar 21.04.2016
944

Amerikalik fotosuratchi Filipp Grossmanning “Chernobil: fojia, saboq, umid” deb nomlangan ko‘rgazmasi 20-aprel kuni atom sohasi tarixidagi eng yirik halokatning 30 yilligi arafasida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida ochildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

BMTning anjumanlar binosi birinchi qavatida namoyish etilayotgan 30 ta suratda Pripyat shahridagi “Energetik” madaniyat saroyi, 1-sonli maktab va “Oltin kalit” bolalar bog‘chasining huvillab qolgan binolari, mashhur charxpalak va atom majmuasining daraxtlar o‘sib ketgan hududi aks etgan.

Fotosuratchi atom elektr stansiyasining ikkinchi energoblokini ichkaridan suratga olishga, shuningdek, talovchilar hujumiga uchramagan Rudnya Ilyinetskaya qishlog‘iga borishga muvaffaq bo‘lgan juda kam kishilardan biri bo‘ldi.

Grossmanning so‘zlariga ko‘ra, u Chernobil atroflarida jami 65 kundan ziyod vaqtni o‘tkazgan, so‘nggi marta esa u yerga 2015-yil dekabrida borgan. Shu vaqt ichida u 20 mingdan ziyod fotosurat olib, 60 soatlik videomaterial to‘plagan.

Яндекс.Метрика