У нас есть только
оригинальные песни

BMW avtomatik boshqariladigan rodster prototipini namoyish etdi

calendar 06.01.2016
1225

BMW kompaniyasi Las-Vegasda o'tayotgan CES-2016 ko'rgazmasida i Vision Future Interaction haydovchisiz boshqariladigan avtomobil prototipini namoyish etdi. i8 Spyder kontseptual rodsteri negiziga qurilgan yangi mashina avtonom boshqariladigan mashinalar intereri qanday ko'rinishga ega bo'lishi mumkinligini namoyish etib beradi.

Kontsept-kar yangi avlod proektsion displeyiga ega bo'ldi. Ushbu displey harakat tezligi, tezlik cheklovlari, navigator ko'rsatkichlarini aks ettiradi.

Old panelda katta 21 dyuymli ekran joylashib, u yo'l sharoitlari hamda harakatning boshqa ishtirokchilari haqidagi axborotni aks ettiradi. Mashina butunlay avtonom harakatlanganida ekran orqali filmlar ko'rish yoki internetga kirish mumkin bo'ladi.

Oldinda imo-ishoralarni tanish datchiklari o'rnatilgan bo'lib, ular qo'l harakatlari asosida boshqaruvni belgilab beradi.

BMW i Vision Future Interaction uch rejimda harakatlanadi: Pure Drive, Assist Mode va Auto Mode. Birinchi holatda boshqaruv haydovchi nazorati ostida bo'ladi, ikkinchi rejimda bir qator yordamchi tizimlar ishga tushiriladi. Nihoyat, uchinchi rejimda mashina mustaqil harakat qiladi: elektronika rul boshqaruvini, akselerator va tormozni nazorat qiladi. Bu rejimda rul gardishida ko'k rangli datchiklar yonadi, ular mashina haydovchi boshqaruvisiz o'ta olmaydigan yo'l uchastkalariga yaqinlashganida qizil tusga kiradi.

 

Яндекс.Метрика