У нас есть только
оригинальные песни

Bo‘yining balandligi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir professional basketbol bilan shug‘ullanishga kirishdi

calendar 08.03.2018
1251

Buyuk Britaniyaning Suffolk grafligida joylashgan Beri-Sent-Edmunds shaharchasida yashovchi Brendon Marshall mamlakatdagi eng bo‘yi baland o‘smir hisoblanadi. U Uels milliy basketbol jamoasida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, deb xabar berdi Daily Mail.

 

Brendon to‘qqiz yoshga to‘lganida bo‘yi tez o‘sa boshlagan. 13 yoshga kirganida bo‘yining balandligi 183 santimetrga teng bo‘lgan. 2017-yilda esa 211 santimetrga qadar o‘sgan bo‘lsa, 16 yoshida 224 santimetrga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, u yana o‘sishni davom etadi.

Brendon milliy ligadagi basketbol jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng u Uels milliy basketbol jamoasiga qabul qilindi. Kuni kecha esa u bir oydan keyin bo‘lib o‘tadigan dastlabki professional uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Brendon bo‘yining balandligi sabab o‘ziga mos ust-bosh, ayniqsa, oyoq kiyim topishda qiynaladi (oyog‘ining o‘lchami 52 ga teng). Bundan tashqari u suhbatlarga kirishuvchan emas va odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishni yoqtirmaydi.

Ginnes rekordlar kitobida qayd etilishicha, dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir amerikalik Brok Braun hisoblanadi, uning bo‘yi 234 santimetrga teng.

Яндекс.Метрика