У нас есть только
оригинальные песни

Bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?

calendar 19.04.2017
4408

Balog‘atga yetgandan so‘ng bo‘y o‘stirish juda qiyin masala. Faqat o‘smir yoshdagilargina o‘sish zonalari ochiq bo‘lgan paytida 5 yoki 10 santimetrga o‘sishi mumkin.

Lekin gavdani to‘g‘rilash, orqa mushaklarni mustahkamlash va kiyim tanlashda qator qoidalarga amal qilish odamni balandroq qilib ko‘rsatadi.

Odamning bo‘yi va genetika omillari

Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamning bo‘yi shakllanishida asosiy rollarni genetik omillar va irq o‘ynaydi. Tashqi omillar (yaxshi ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish) 15-20 foizgacha natija beradi.

Katta yoshda bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?

Katta yoshda bo‘yni 5 sm ga o‘stirish ancha oson. Buning uchun kiyinish uslubini o‘zgartirish va gavda yaxshilanishi uchun muntazam ravishda maxsus jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kifoya.

Bukchayishni bas qiling. Doimiy ravishda o‘tirgan holatda bo‘lish gavdaning buzilishiga va asta-sekin bo‘yning bir necha santimetr pasayishiga olib keladi.

Yelkalarni to‘g‘rilang. Yelkalarni to‘g‘rilagan holda gavdani tik tutish — balandroq bo‘lishning eng oddiy usuli. Lekin gavdani to‘g‘rilash — murakkab va kompleks davolash bo‘lgani uchun yaxshisi uni shaxsiy trener yordamida o‘tkazish ma’qulroq.

Tana mushaklarini mustahkamlang. Orqa va yelka mushaklarini rivojlantirish gavdani to‘g‘ri tutishni yengillashtirish bilan birga qomatni chiroyli qilishga ham yordam beradi.

To‘g‘ri rangda kiyining. Kiyim odamni baland yoki pastroq ko‘rsatishga qodir. Bo‘yni balandroq ko‘rsatuvchi eng yaxshi kombinatsiya “och rangli pastki + qoramtir rangli yuqori” tarzda kiyinish hisoblanadi.

Яндекс.Метрика