У нас есть только
оригинальные песни

Boeing 777 halokatida uch farzandidan ajralgan avstraliyalik juftlik yana bolali bo‘ldi

calendar 12.05.2016
1162

Avstraliyalik juftlik Malaysia Airlines’ga tegishli Boeing 777 Ukrainada 2014-yil iyulida halokatga uchrashi oqibatida (fojiada 283 nafar yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan) uch nafar farzandidan ayrilganidan so‘ng yana bolali bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

Chaqaloqqa Vayolet Mey Mazlin deya ism qo‘yildi.

“Shanba kuni 14 yoshga to‘lgan Mo, kelgusi haftada 12 yoshni nishonlashi mumkin bo‘lgan Evi, iyun oyida 10 yoshga kiradigan Otis va ularning buvasi Nik bizga ajoyib hadya yo‘lladi, deb o‘ylaymiz. Qizimiz Vayoletning tug‘ilishi sevgi nafratdan ko‘ra kuchliroq ekanligiga ishonchimiz dalolatidir”, — deya ta’kidlagan juftlik.

Яндекс.Метрика