У нас есть только
оригинальные песни

Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi

calendar 22.02.2018
776

'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Jasur Alimovich Aripov Davlat bojxona qo'mitasi Raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo'mita rasmiy saytida ma`lum qilingan.

U qo'mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qiladi.

Aripov ilgari Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o'rinbosari sifatida ishlagan. U bu lavozimda biroz avvalroq ishdan olingan Baxtiyor Raimov o'rnini egalladi.

Eslatib o'tamiz, 13 fevral kuni O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o'rniga Bosh prokuror o'rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov tayinlangandi.

Яндекс.Метрика