У нас есть только
оригинальные песни

Boks. Jasurbek Latipov Osiyo o‘yinlari—2018 finalida!

calendar 31.08.2018
815

Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov Osiyo o‘yinlaridagi yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda qirg‘izistonlik Azat Usenaliyev raqiblik qildi. Jasurbek raqibi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shuningdek, bugun yana 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.

  • -60kg: Shunqor Abdurasulov—Rujakran Juntrong. Vaqti: 12:30

  • -69kg: Bobousmon Baturov—Saylom Arde. Vaqti: 13:15

  • -49kg: Hasanboy Do‘smatov—Zhonglin Vu. Vaqti: 16:00

  • -56kg: Miraziz Mirzahalilov—Sunan Amoragam. Vaqti: 16:45

  • -64kg: Iqboljon Xoldorov—Daysuke Narimatsu. Vaqti: 17:00

  • -75kg: Isroil Madrimov—Feliks Marsyal. Vaqti: 17:45

Яндекс.Метрика