У нас есть только
оригинальные песни

Boks. O‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev eng kamida bronza medalini o‘zi uchun ijobiy hal qildi

calendar 16.08.2016
1838

Rio—2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilari o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev hisob bo‘yicha ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Hindistonlik Vikas Krishan Yadavga qarshi ringga ko‘tarilgan Bektemir raqibini mag‘lub etib, eng kamida bronza medali masalasini ham qildi. U yarim finalda meksikalik Misael Rodrigezga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 18-avgust sanasidan joy olgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev 1/8 finalda avstraliyalik Deniyel Lyuisga qarshi ringga chiqib, raqibini uchala raundda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.

Qayd etish kerak, Bektemir Meliqo‘ziyev Jahon Chempionatining kumush medal sovrindori, Osiyo chempioni, o‘smirlar o‘rtasida Nankin Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi.

Яндекс.Метрика