У нас есть только
оригинальные песни

Bokuda xalqaro savdo porti ochildi

calendar 17.05.2018
806


 

Ozarboyjon poytaxti Bokuda xalqaro dengiz savdo porti majmuasi ochildi. Alat posyolkasidagi portning ochilishi marosimida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi. 

Majmua qurilishi 2010 yil noyabrida boshlangan, 2014 yil sentabrda esa portdagi inshootlardan biri – parom terminali foydalanishga topshirilgan. 2018 yil yanvarda esa Ro-Ro terminali ochilgan.

Port 117 gektar maydonni qamrab oladi va 12 ta prichaldan iborat. Portning yuk o'tkazish qobiliyati yiliga 15 mln tonnani, jumladan 100 ming konteynerni tashkil qiladi. 

Loyiha doirasida portning operatsion binolari, yuk maydonlari va omborlar, chegara va bojxona xizmatlari punktlari, umumiy hisobda 72 ta bino va inshoot qurilgan.

Portning konteyner maydonchasida bir vaqtda 1040 konteynerni joylashtirish uchun va 64 ta muzlatgich konteyneriga xizmat ko'rsatish uchun infratuzilma yaratilgan. 

Aliyev yangi Boku porti Ozarboyjonning transport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirgan.

“Port qurilishi haqidagi qaror bir necha yil avval men tomondan qabul qilingan. Men Ozarboyjonning katta, transport, tranzit salohiyati borligini, davlatimiz jadal rivojlanishini bilardim. Bu qarorning qabul qilinishi siyosatimiz uzoqni ko'zlovchi, har tomonlama puxta ekanligini ko'rsatadi”, deb aytgan Aliyev. 

Яндекс.Метрика