У нас есть только
оригинальные песни

Bola qornini massaj qilishning 7 usuli

calendar 09.01.2017
1165

Hayotining birinchi uch oyida bolalarni qorin sanchiqlari bezovta qilishi mumkin. Onalar chaqaloqlarini massaj qilib, ularning holatini yengillashtira oladi. Buning uchun massajning 7 usulini bilish kifoya.

1-usul

Qizigan kaftlaringizni gumbazsimon qilib kichkintoyning qorni ustiga qo‘ying. Bir necha daqiqa davomida qorin ustiga qo‘yilgan issiq kaftlar jigar va o‘t pufagi ishini rag‘batlantiradi. Bu ikki organ ovqat hazm qilish uchun muhim ahamiyatga ega va juda issiqni xush ko‘radi.

2-usul

Chaqaloqlardagi kuchli sanchiqlarni bartaraf etamiz va gazlar pastga tushishiga yordam beramiz. Qorinni “P-simon” shaklda soat strelkasi bo‘ylab yengil silashdan boshlang. Bunday massaj ichak ishini yaxshilaydi va gazlarni qorinning tepa qismidan pastga tushishga majbur qiladi.

3-usul

Bolaning tizzalarini uning biqini tomoniga buking. Tizzalarni iyak tomonga emas, aynan ikki tomonga ayirib, kichkintoyning biqiniga tegadigan qilib bukib turish muhim. Oyoqlarni shu holatda ikki soniya ushlab turing, so‘ng to‘g‘rilang va yana ularni bo‘sh qo‘yib, qimirlating.

4-usul

Oyoqlarini navbatma-navbat bukib-yozib, bolaga biroz “velosiped haydating”. Bola qarshilik qilsa, uni majbur qilmang: yengilroq harakat qiling, ko‘pincha yengil harakatlarga bola qarshilik qilmaydi.

5-usul

Qorin massaji, egiltirish. Bolani oldingizga chalqanchasiga yotqizing va oyoqchalarini buking. Bukilgan tizzalarini oldin o‘zingizdan o‘ng tomonga, ammo oxirigacha emas, so‘ng chapga eging.

6-usul

“Tegirmon” — kaftlar bola qorniga ko‘ndalang qo‘yiladi. Tegirmon parraklariga o‘xshab harakatlantirib, kaftlar qovurg‘adan qov suyaklari birlashgan bo‘g‘imgacha yurgiziladi. Bu mashq bajarilayotganda vaqti-vaqti bilan tanaffus qilinib, bir qo‘l bilan qorinning qiya mushaklari silanadi. Bu vaqtda ikkinchi qo‘l kindik ustiga qo‘yiladi. Shu tariqa bir necha marta takrorlanadi. Qorin pressiga ta’sir ko‘rsatiladi va ingichka ichak ishi faollashadi.

7-usul

Biqin va kindik yonini yengil chimdib-chimdib turing, xuddi kapalak barmoqlari bilan ezayotgandek. Bu harakatlar press mushaklarini taranglashishga va bo‘shashishga majbur qiladi.

Qorin massajining bunday faol turi kindik doirasi to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

 

Яндекс.Метрика