У нас есть только
оригинальные песни

Bolalar uchun eng xavfli o'yinchoqlar nomi oshkor qilindi

calendar 28.12.2015
3158

                         

Shimoliy Arizona universiteti olimlari so'zlaydigan, yuradigan, musiqa ijro etadigan va turli xil ovozlarni chiqaradigan elektron o'yinchoqlar bolalar uchun eng xavfli ekanini aniqladi. Aslida esa shu kabi o'yinchoqlarga esa ta'limiy vosita sifatida qaraladi, deya qayd etmoqda The NWI Times.

Bunday xulosa 26 juft ota-ona va ularning 10-16 oylik farzandlari o'rtasida o'tkazilgan tadqiqot natijalari bo'yicha chiqarildi. Har bir oilaga uchta o'yinchoq jamlanmasi taqdim etildi.
Birinchi jamlanmadan bolalar uchun noutbuk, so'zlaydigan ferma va bolalar mobil telefonlari o'rin oldi. Ikkinchisiga esa yog'och pazllar, rasmli kubiklar kiritildi. Uchinchi jamlanma esa jonivorlar, shakl va gullar tasvirlangan kitoblardan iborat bo'ldi.

Aynan birinchi jamlanma nutq ko'nikmalarining shakllanishiga eng kam yordam bergan. U an'anaviy o'yinchoqlarga qaraganda bolalar so'z boyligining sifati va nutq elementlari sonining kamayishiga ko'proq ta'sir ko'rsatgan. Ovoz chiqaradigan elektron o'yinlarni o'ynash vaqtida ota-onalar bolalari bilan kamroq suhbatlashar ekan.

Kitoblar esa aksincha, ota-onalarning farzandlari bilan gaplashishiga ko'proq imkon tug'dirgan. An'anaviy o'yinchoqlar bilan xuddi shunday ijobiy holat qayd etilgan.

Яндекс.Метрика