У нас есть только
оригинальные песни

Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

calendar 04.07.2013
3910

Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar,
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar,
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar,
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim,
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim,
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?

Bolalikning ko'chalari tor emasdi,
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi,
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi,
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?

Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'ilon, ayt sen ham meni sog'indingmi?

Muhammad Yusuf

Яндекс.Метрика