У нас есть только
оригинальные песни

Bolaning aqlan rivojlanishida ona sutining foydasi katta

calendar 03.08.2016
1453

Olimlar bolani ona suti bilan boqishning yana bir foydali tomonini kashf qilishdi. Ma`lum bo'lishicha, ona suti yangi tug'ilgan go'daklar miyasining rivojlanishida katta rol' o'ynaydi, bu esa ularning keyingi hayotiga ham ta`sir ko'rsatadi. Ona suti bilan boqilgan bolalar yuqori IQ (aqliy salohiyati) natijalarini ko'rsatishgan, bundan tashqari, ularning hotirasi, harakatlari va biror narsani o'rganishi yahshiroq rivojlangan bo'ladi. Amerikalik olimlarning tadqiqot natijalari The Journal of Pediatrics nashrida chopetilgan
Olimlar bir ovozdan bolani tug'ilishi bilanoq ona suti bilan boqishni tavsiya qilishmoqda. Ular bolaning rivojlanishiga ko'plab tashqi omillarning ta`sir ko'rsatishini hamda ona suti – ulardan birigina ekanligini yahshi bilishadi. Biroq tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bu omil juda muhim, shu bois jiddiy sabab bo'lmasa, bolani bundan mahrum qilish kerak emas.AQShlik tadqiqotchilar jamoasi kamida 28 kun davomida ona suti bilan boqilgan 180 nafar boladan iborat guruhni to'plashdi. Olimlar 7 yoshdagi bolalarni o'rganib chiqib, ularning miya hajmi, shuningdek o'qish, matematik bilim, nutq, hotira kabi aqliy salohiyati bo'yicha test natijalari turli hil aralashmalar bilan boqilgan tengdoshlariga nisbatan ko'p jihatdan ustun ekanligini aniqlashdi. 

Яндекс.Метрика